Sverdlovsk viloyatida “halol” go‘sht mahsulotida cho‘chqa DNKsi aniqlandi

© AP Photo / Peter DejongXalyal-produksiya, arxivnoe foto
Xalyal-produksiya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Sverdlovsk viloyati O‘rta Uralda faoliyat ko‘rsatayotgan do‘konlarda sotilayotgan “halol” mahsulotlar tarkibida cho‘chqa DNKsi borligi aniqlandi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiyaning Sverdlovsk viloyati O‘rta Uralda faoliyat ko‘rsatayotgan do‘konlarda o‘tkazilgan tekshiruv davomida “halol” mahsulotlar tarkibida cho‘chqa DNKsi borligi aniqlandi, deb xabar qildi "Rossiyskaya gazeta".

xalyal - Sputnik O‘zbekiston
Samarada musulmonlar Butunjahon halol kunini nishonlashdi

Ta’kidlanishicha, tekshiruvni jamoat nazorati qo‘mitasi boshlagan. Ushbu qo‘mitaga “halol” mahsulotlar sifatidan norozi bo‘lgan iste’molchilar tomonidan bir necha marta murojaatlar kelib tushgan.

"Rosselxoznadzor" Sverdlovsk markazi direktori o‘rinbosari Irina Toporkovaning so‘zlariga ko‘ra, reyd davomida ommabop go‘shtlar “halol” standartiga muvofiqligi tekshirildi.

Xususan, mutaxassislar kolbasa, chuchvara va kotlet mahsulotlarini tekshirdilar. Natijada, mutaxassislar "halol" go‘shtda cho‘chqa DNKsining qator namunalarini topishdi.

Shu bilan birga, Chelyabinsk viloyati kompaniyasi soxta mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Hozir mutaxassislar ishlab chiqaruvchilar qasddan huquqbuzarlikkka yo‘l qo‘yganligi yoki ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya qilmaslik oqibatida yuz berganini aniqlashga harakat qilmoqda.

Shu o‘rinda, bozorda soxta “halol” go‘sht sotgan kompaniyalar 300 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0