O‘zbek startap jamoasi 500 ming $ investitsiyani qo‘lga kiritishi mumkin

© IT Park UzbekistanaStartap Arzon Apteka v finale Starsids
Startap Arzon Apteka v finale Starsids - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IT-Park texnologik parkining startap jamoasi ArzonApteka loyihasi bilan Seedstars xalqaro tanlovining finaliga chiqdi.

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. O‘zbekistonlik startap jamoasi ArzonApteka loyihasi bilan Seedstars xalqaro tanlovining finaliga chiqdi.

Jamoa Nursulton shahrida rivojlanayotgan bozorlar uchun eng nufuzli akselerator xalqaro tanlovi SeedstarsSummitCEE2019ʼning navbatdagi saralash bosqichidan o‘tdi.

O‘zbekiston “Skolkovo”da o‘zining startaplari qo‘llab-quvvatlanishiga umid qilmoqda

Ilgari #Seedstars Tashkent19 g‘olibi bo‘lgan startap-jamoa ArzonApteka loyihasi bilan Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining eng yaxshi 18 ta loyihasi sakkizligiga kirgan edi.

2020 yil 27-mart kuni ArzonApteka Shveysariyada Seedstars 2020 Global Sammitida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etadi va asosiy mukofot – $ 500 000 investitsiyalari uchun kurashadi.

ArzonApteka – bu O‘zbekistondagi dorixonalarda dori-darmonlarni topish xizmati bo‘lib, u dori-darmonning narxi va mavjudligini, dorixonaning joylashgan joyi va raqamini aniqlashga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0