07:35 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
19510

IIBB sovqda qolgan uysiz kishilarning hayotini saqlab qolish uchun 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilishga chaqirdi.

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. Toshkent shahar IIBB fuqarolardan koʻchada sovuqda qolgan uysiz kishini koʻrganda 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib xabar berishni va shunday yoʻl bilan uning hayotini saqlab qolishga chaqirdi.  

- Kunlar sovib ketdi, bunday haroratda uysiz qolgan inson koʻchada halok boʻlishi hech gap emas. Buni olish maqsadida, IIBB inspektorlari tungi vaqtda uysiz qolgan insonlar qoʻnim topishi mumkin boʻlgan joylarni, cherdak va yertoʻlalarni tekshirib yurishadi. Xodimlar topilgan barcha uysizlarni reabilitatsiya qilish markazi qoshida tashkil etilgan turargohga taklif qilishadi, - deyilgan xabarda. 

Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente
GUVD Tashkenta
Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente

Topilgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslardan ayrimlari darhol xizmat avtomobiliga oʻtiradi, boshqalarini esa xodimlar ularga yaxshilikni ravo koʻrishlariga va boshpana berishlariga ishontirishga toʻgʻri keladi.

Markazda uysizlar shifokor koʻrigidan oʻtadilar, zarur boʻlganda ularga tibbiy yordam koʻrsatiladi, toza kiyim, issiq ovqat berishadi. Koʻplab uysizlar uchun IIBB xodimining kelishi xursandchilikka aylangan.

Xabarda aytilishiga koʻra qilishiga koʻra 25-noyabr kuni 28 kishi, 26 noyabr kuni esa - 24 kishi profilaktika inspektorlari tomonidan Reabilitatsiya markaziga olib kelingan.

Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente
GUVD Tashkenta
Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente

IIBB barcha fuqarolardan uysiz qolgan shaxslarning sovuqdan halok boʻlishini oldini olish, ularni birgalikda qutqarishga chaqiradi. Buning uchun 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilinsa boʻldi. Shuningdek uysizlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa yordam koʻrsatmoqchi boʻlgan fuqarolar Reabilitatsiya markazi bilan bogʻlanishlari mumkin: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Chashma koʻchasi, 3. Telefon: +998983680708, markaz boshligʻi – Dushayev Boxodir. Toshkent shahar IIBB PPXvaJTSB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Amonov Jafar +998983102901.

Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente
GUVD Tashkenta
Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente

Asosiy mavzular