O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan qancha kishi yashaydi

© Sham HardyKrasnaya lenta - simvol borbi s SPIDom
Krasnaya lenta - simvol borbi s SPIDom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar sonini ma’lum qildi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘zbekistonda Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV) infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar sonini ma’lum qildi.

Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar soni 41 mingdan ortiq. Ularning 57 foizini erkaklar, 43 foizini ayollar tashkil etadi, deya yozadi O‘zA.

Xabarda yozilishicha, OIV infeksiyasiga qarshi kurash va epidemiyaga samarali javob berish davlat va nodavlat tashkilotlari, jamoatchilik, jumladan, fuqarolik jamiyati uchun dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. 

Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Uzoq vaqt xorijda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonliklar OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tadi

OIV (VICh) infeksiyasi yuqumli kasallik bo‘lib, bemordan sog‘lom odamga asosan jinsiy yo‘l yuqadi. Shuningdek, OIV bilan kasallangan shaxsning qoni va qon mahsulotlari sog‘lom odamga qo‘yilganda, tibbiy muolajalar sterilizatsiya qilinmagan tibbiy jihozlar bilan amalga oshirilganda, boshqa shaxs ishlatgan soqol olish ustarasi, tish chotkalarini ishlatganda yuqishi mumkin. 

OITS (SPID) – Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi. U OIV infeksiyasining yakuniy bosqichi hisoblanadi.

Infeksiya yuqqan dastlabki davrlarda odam o‘zini sog‘lom his etishi mumkin. Bunday holat hech qanday alomotlarsiz 3 oydan 8-10 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Bu davrda odam sog‘lomdek ko‘rinsa ham, o‘zi bilmagan holda, kasallik virusini boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori. Uni faqat laboratoriya tekshirishlari ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  uch oydan ortiq xorijiy davlatlarda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonliklarni OIVga majburiy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi belgilanishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0