16:16 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Devushka prosыpayetsya

Dam olish kunlari uzoq vaqt uxlash nima bilan xavfli boʻlishi mumkin

© CC0 / Unsplash / Kinga Cichewicz
Jamiyat
Havola olish
90910

Shifokorning fikriga koʻra, dam olish kunlari uzoq vaqt uxlash odati jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

TOSHKENT, 28 noya – Sputnik. Sechenov nomidagi tibbiyot akademiyasi somnolog-shifokori Mixail Poluektov dam olish kunlari uzoq vaqt uxlash charchoq va uyqusizlikni qoplaydi, degan afsonani chippakka chiqardi. RIA Novosti xabariga asosan.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday dam olish rejimi - agar odam dam olish kunlari ish kunlariga qaraganda, odatdagidan koʻproq uxlasa, jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ular orasida - diabet va yurak-qon tomir tizimi bilan bogʻliq kasalliklar mavjud.

Poluektov taʼkidlashicha, uyquni haddan tashqari oshirish aqliy qobiliyatni susaytiradi va gorizontal holatda uzoq vaqt yotish umurtqa pogʻonasiga taʼsir qiladi. Shunindek, organizmda metabolik jarayonlarni ham buzishi mumkin, bu "yogʻ massasi toʻplanishiga" olib keladi.

Bundan tashqari, somnolog yotishdan oldin jismoniy mashqlardan voz kechishni maslahat berdi. Haddan tashqari choralarda, shifokor rejimni tiklaydigan maxsus bio- qoʻshimchalarni ichish, mutaxassis bilan maslahatlashni tavsiya qildi.

Asosiy mavzular