Dekabrda Moskva va Sankt-Peterburgga doimiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaAvtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus
Avtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozon va Nijniy Novgorod shaharlariga doimiy avtobus qatnovi 2018-yilning sentabr oyida tashkil qilingan edi.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Dekabrdan boshlab O‘zbekistondan Rossiyaning bir necha shaharlariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"O‘zavtotrans Servis" kompaniyasi vakilining xabari ko‘ra, shu kunga qadar Qozon va Nijniy Novgorod shaharlariga avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Dekabr oyidan boshlab esa avtobuslar qatnaydigan shaharlari soni 10taga yetadi, deyilgan xabarda.

Xususan, "O‘zavtotrans Servis" Moskva, Sankt-Peterburg, Ufa va Samara shaharlariga avtobus qatnovini boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda "O‘zavtotrans Servis" Xitoyning Zhengzhou Yutong Bus kompaniyasidan 168 ta uzoq yo‘nalishga qatnovchi avtobusovlar sotib olgan edi. Ushbu avtobuslar Rossiya va Qozog‘istonning uzoq shaharlariga doimiy qatnovlar tashkil qilish maqsadida  xarid qilingan. Avtobuslarni sotib olish uchun O‘zbekiston Milliy banki 20 million dollar kredit ajratgan.

Yangiliklar lentasi
0