01:22 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva Senat yigʻilishida jurnalistlar haqida alohida toʻxtaldi

Press-slujba GD RF
Jamiyat
Havola olish
301 0 0

Bugungi kunda oʻz faoliyatini ochiqlik asosida olib borayotgan OAV vakillari tanqidlarini toʻgʻri qabul qilish kerak, dedi Senat raisi.

TOSHKENT, 30 noya - Sputnik. Bugun butun dunyo Oʻzbekistonni qayta kashf qilayotgan vaqtda, birgina qoʻpol harakatimiz bilan barcha bunyodkorlik ishlarini yoʻqqa chiqarishga haqqimiz yoʻq. Etika va muomala madaniyatiga qatʼiy amal qilishimiz kerak, dedi Oʻzbekiston Senati 24-yalpi majlisi ochilishida soʻzlagan nutqida Senat raisi Tanzila Narbayeva.

Narbayevaning ushbu chaqirigʻi oʻzining xulqi bilan internet tarmoqlarida shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan amaldorlarga qaratilgan edi.

"Mamlakatni yanada rivojlantirish bizdan yangicha yondashuvlarni, birinchi navbatda hokimiyat faoliyatining shaffofligini, oshkoraligini talab qilmoqda. Rahbarlarning xalq uchun ochiqligi, jamiyatimizning barcha sohalaridagi ochiqlik, bugungi kun talabi. Boshqa yoʻlimiz yoʻq va biz bunga koʻnikib, ishlarimizni ishlarimizni tubdan qayta koʻrib chiqishimiz darkor", - dedi Narbayeva.

Senat raisi hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ham amaldorlarning birgina qoʻpol harakati yoki nojoʻya gapi tufayli "yoʻq"qa chiqishi mumkinligini eslatib oʻtdi. "Shu bois, bugungi kunda oʻz faoliyatini ochiqlik asosida olib borayotgan OAV vakillari tanqidlarini toʻgʻri qabul qilish kerak", dedi Senat raisi.

Narbayeva shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarga aynan jurnalistlar hukumat eʼtiborini qaratmoqda, ular nafaqat muammolarni qayd etmoqda, balki ularning yechimi borasida yangi, nostandart yechimlarni taklif qilmoqda.

Shu bois, barcha boʻgʻindagi rahbarlar, xalq bilan, jurnalistlar bilan muloqotni odat qilishlari kerak, muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qatʼiy amal qilmogʻimiz shart, deya oʻz fikrini yakunladi Senat raisi.

Asosiy mavzular