16:50 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Elmira Basitxanova

Bolalarimiz bizning xazinalarimizdir - Bositxonova

Jenskiy komitet Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
7910

Toshkentda “Bolalar bizning xazinalarimizdir” nomli tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida maktab-internatda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar jamoasini, oʻquvchilarni va ota-onalarni diplom va sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Toshkentda “Bolalar bizning xazinalarimizdir” nomli tadbir oʻtkazildi, deb xabar qildi Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati.

Unda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Elmira Bositxonova nutq soʻzladi.

“Joriy yilning oktyabr oyida Xotin-qizlar qoʻmitasining vakillari 376 nafar oʻquvchilar tahsil olayotgan, 140 nafar  pedagoglar faoliyat yuritayotgan ushbu maktab-internatga tashrif buyurib, maktab jamoasi hamda oʻquvchilar bilan uchrashib, maktabni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga kelishilgan edi.

Shuningdek,  men ushbu maktabning 6-sinf oʻquvchisi, “Markaziy Osiyo yangi talantlarni izlaydi!” loyihasi doirasidagi  (“Central Asiaʼs Got Talent”) koʻrsatuvda “Shukr qiling” nomli sheʼri bilan koʻpchilikni hayratlantirgan qizaloq Iroda Oʻrozovaning iqtidorini yuqori baholab, masʼul boʻlimlarga Irodaxonning isteʼdodini ragʻbatlantirish, shuningdek, uni hamda ushbu maktab-internatda oʻqiyotgan u kabi iqtidorli qizaloqlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlikka tayyorlab borish tizimini yoʻlga qoʻyish topshirigʻini bergan edim”, -dedi Bositxonova.

“Har yili 3 dekabr sanasiga alohida eʼtibor qaratishdan maqsad barcha mamlakatlarda jismida nuqsoni bor insonlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlash, teng huquqlilikni qaror toptirish orqali barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Mana shu maʼnoda BMT Bosh Assambleyasining 1992 yilda qabul qilgan qaroriga binoan nishonlanayotgan dunyo aholisining “eng katta ozchiligini” tashkil etuvchi imkoniyati cheklanganlar kunida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi haqiqiy maʼnodagi xazinalarimiz boʻlgan aziz farzandlarimizga oʻz sovgʻalarini ham olib keldi”, - deyilgan xabarda.

Tadbir davomida 100-sonli tayan-harakati nuqtalarida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar jamoasini, oʻquvchilarni va ota-onalarni diplom va sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

Asosiy mavzular