Olimlar arablarda ko‘pxotinlilik nega kamayib borayotganini tushuntirishdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishDevushki musulmanki, arxivnoe foto
Devushki musulmanki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Arab ayollari orasida ko‘pxotinlilikning adolatsizligi, bunday holatlarda ko‘pincha ayollar va bolalar huquqi poymol etiladi, degan fikr tobora keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

TOShKENT, 2 noya - Sputnik. Mag‘ribdagi arab davlatlari(Liviya, Marokko, Tunis, Jazoir va Mavritaniya)da ko‘pxotinlilik tobora urfdan qolmoqda, dedi Muhammad VI nomli Marokkodagi sotsiologiya universiteti professori Muxtor al-Xarras arab dunyosida oila holati mavzusiga bag‘ishlangan forumda. RIA Novosti xabari asosida.

Vistavka svadebnoy i vecherney modi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskva muftiysi Rossiyada ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishga chaqirdi

"Liviyada murakkab vaziyat va iqtisodiy sabablarga ko‘ra, ko‘pxotinlilik singari holatlar soni kamaydi. Tunisda 1975-yilda ko‘pxotinlilikni ta’qiqlovchi qonun qabul qilingan. Marokkoda 2004-yilda bir vaqtning o‘zida bir nechta nikohdan o‘tishga to‘siq qo‘yadigan qonun qabul qilingan. Xususan, bunday ishga qo‘l urmoqchi bo‘lgan erkak bir nechta shartlarni bajarmog‘i lozim, xususan, birinchi xotinning ruxsatini olish shartlardan biri sanaladi. Jazoirda ko‘p xotinga ega erkaklar soni juda kam, va umuman olganda, ko‘pxotinlilik g‘oyasi jamiyatda ko‘pam qo‘llab-quvvatlanmaydi. Mavritaniyada ko‘pxotinlilik jamiyatning muayan qatlamlari orasidagina keng tarqalgan", - deya tushuntiradi professor.

Al-Xarrasning aytishicha, ko‘pgina arab davlatlarida ko‘pxotinlilik o‘z aktualligini yo‘qotayotgani sababi - erkaklarning shu kecha-yu kunduzda barcha xotinlari va bolalarini teng darajada ta’minlay olmasligi bilan izohlanmoqda. Bundan tashqari, professorning qayd etishicha, arab ayollari orasida ko‘pxotinlilikning adolatsizligi, bunday holatlarda ko‘pincha ayollar va bolalar huquqi poymol etilishi haqidagi fikr tobora keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Olga  Savinskaya, dotsent departamenta sotsiologii NIU VShE - Sputnik O‘zbekiston
Jamiyatshunos: XXI asrda ko‘pxotinlilik aktual emas

Shu bilan birga, Mag‘ribdagi arab davlatlarida erkaklar hali ham o‘z ayollarining ishlashlarini hazm qila olishmaydi, ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu davlatlarda oilalarning uchdan bir qismida ayolning ishlashi er bilan kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Mintaqaning eng feministik mamlakati hisoblanmish Tunisda aynan shu turdagi kelishmovchiliklar ko‘proq uchrashi ta’kidlanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, tunislik erkaklarning 42%i o‘z ayolining mehnat faoliyatidan norozi.

Shu bilan birga, Mag‘rib davlatlarida er-xotin o‘rtasidagi yosh tafovuti 4-6 yoshni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0