20:29 06 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
207 0 0

Hozirda poytaxt hokimligi yolgʻon xabar tarqatilishining sabablari va manbalarini aniqlash yuzasidan ish olib bormoqda.

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi “Tashkent City”dagi Kongress-xoll tomi qulagani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tekshiruv natijasida mazkur axborot haqiqatga toʻgʻri kelmasligi, tom qismi butun holatda ekanligi aniqlangan.

"Hozirda yolgʻon xabar tarqatilishining sabablari va manbalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent City” Kongress-markazi tomi qulagani haqida xabar tarqalgan edi.

Teglar:
Tashkent City, Toshkent

Asosiy mavzular