16:10 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Radiator tsentralnogo otopleniya v kvartire

Prezident issiqlik taʼminoti uchun yangi toʻlov tizimini maʼqulladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
137 0 0

Oʻzbekistonda 2020 yildan issiqlik taʼminoti uchun yangi toʻlov tizimi joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev yangi qarorga imzo chekdi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yildan isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida toʻlash tizimi joriy etiladi. Bu  Shavkat Mirziyoyev 2 dekabrda imzolagan qarorda koʻzda tutilgan.

“2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida toʻlash tizimiga oʻtkaziladi”, - deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan boshlab isteʼmolchilar uchun issiqlik taʼminoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi, Shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.

Aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida koʻriladigan zararlar mahalliy byudjetlar hisobidan qoplanadi.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi joylardagi hokimliklar bilan isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishi, oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi, issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va oʻrnatilishi, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish uchun javobgardir.

Qarorga koʻra, markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimi 2019-2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga oʻtkaziladi.

Aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni issiqlik taʼminoti korxonalari, isteʼmolchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalar asosida yetkazib berish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Koʻp kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilgan taqdirda esa ikki tomonlama shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq endilikda Toshkent shahar hokimi poytaxt issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va uning lozim darajada ishlashi uchun shaxsan javobgar hisoblanishi xabar qilingan edi.

Teglar:
issiqlik taʼminoti, uy-joy kommunal xizmati

Asosiy mavzular