16:34 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Rufat Gapparov

Talaba va pul: oliygohda oʻqish vaqti qanday pul topish mumkin

© FOTO. Iz lichnogo arxiva Rufata Gapparova
Jamiyat
Havola olish
221 0 0

Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston va Belarusdan kelgan aksariyat talabalar Moskvada oʻqish vaqtida oʻzlariga yarim kunlik yoki oʻzgaruvchan jadvalli ish topishadi.

Ishni OTMning oʻzida yoki undan tashqarida topish mumkin. Ish smenali boʻlishi, masofadan turib bajarilishi yoki oʻz mutaxassisligi sohasida boʻlishi mumkin. Asosiysi – oʻqishni butunlay unutib diplomsiz qolmaslik.

OTMdami yoki tashqarida

Talabalar uchun daromad masalasi doimo dolzarb boʻlib kelgan, axir har qanday stipendiya maoshdan kam boʻladi. Talaba oʻzi oʻqiyotgan oliygohda pul ishlab topishi mumkin. Buning uchun xorijiy talabalarga maxsus ruxsatnoma kerak boʻladi.

Koʻplab oliygohlar talabalar uchun bir qator vakansiyalar taklif qiladi. Odatda kunduzi oʻqiydigan talabalar yarim stavka, kechgi smenada oʻqiydiganlar – toʻliq stavkada ishlashi mumkin. Shuningdek talabalar yozda qurilish otryadlarida oʻz kursdoshlari bilan birga ishlashlari mumkin.

“Universitetda imkoniyat va vakansiya boʻlsa, oʻzgaruvchan grafikli ishga joylashish mumkin. Shuningdek universitet talabalarga turli moddiy yordam va dotatsiyalar berib turadi”, - deydi Plexanov nomli Rossiya Iqtisodiy universiteti talabasi, tojikistonlik Maqsadjon Rizayev.

Bir joyda oʻqish va ishlash qulay boʻlishiga qaramasdan, aksariyat talabalar masofadan turib ishlash mumkin boʻlgan ish qidirishadi. Bu borada boʻlajak dasturchilarda katta ustuvorlik bor desak xato boʻlmaydi: ular oʻz mutaxassisligi boʻyicha yaxshi maosh toʻlanadigan ish topishlari oson. Shuningdek, oʻz mutaxassisligi boʻyicha boʻlmasa-da, oʻzgaruvchan jadvalli va kafolatli maosh tulanadigan ishlar ham koʻp. Masalan aksariyat talabalar ofitsiant, kuryer, sotuvchi boʻlib ishlaydi. Savdo aktsiyalarida ishtirok etishadi.

Maksadjon Rizayev
© FOTO. Iz lichnogo arxiva Maksadjona Rizayeva
Maksadjon Rizayev

“Ofitsiant boʻlib ishlash keragidan ortiqcha vaqt talab qilmaydi. Smenalarni oʻqish bilan birga olib borish mumkin. Lekin bunday ish boʻlajak karyera bilan bogʻliq emas, vaqtincha pul topish uchun xolos”, - deydi belorussiyalik talaba Stepan Klochkov.

Rossiya qonunchiligiga koʻra, ishlash uchun xorijiy talaba 18 yoshdan katta va IIV Migratsiya boʻlimining taaluqli ruxsatnomasiga ega boʻlishi kerak. Ushbu hujjat kunduzgi boʻlim talabalariga muayyan mutaxassislik boʻyicha oliygoh joylashgan hududda ishlashga ruxsat beradi.

OTM ish topishda vositachi

Yaxshi ishlarda ishlash talabalarga nafaqat qoʻshimcha daromad balkim, bulajak kasbiy oʻsish uchun tajriba va bilim ham beradi. Ushbu yoʻlda ularga deyarli har bir oliygohda mavjud boʻlgan kasbiy oʻsish markazlari yordam beradi.

Ushbu markaz xodimlari talabalarga samarali rezyume tayyorlash va ish beruvchi suhbatidan oʻtishda yordam beradi. Ular hamkor-kompaniyalar vakillarini talabalar bilan uchrashuvga taklif qilishadi. U yerda ish beruvchilar oʻz kompaniyalari haqida hikoya qilib berishadi va oʻzlariga maʼqul boʻlgan nomzodlar bilan mehnat shartnomasi imzolashadi. Yil davomida oliygohlarda vakansiyalar yarmarkasi boʻlib oʻtadi. U yerda bitiruvchilar oʻz mutaxassisliklariga mos qoʻshimcha ish yoki amaliyot topishlari mumkin.

Stepan Klochkov
© FOTO. Iz lichnogo arxiva Stepana Klochkova
Stepan Klochkov

Moskaning yirik oliygohlarida har yili 100dan ortiq kompaniyalar oʻz taqdimot marosimlarini oʻtkazishadi, vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etishadi va master-klasslar tashkil qilishadi.

Talabalar stajirovka oʻtish, oliygoh bilan hamkor boʻlgan yirik kompaniyalarga ishga kirish imkoniga ega boʻladi.  

Amaliyot orqali ishga kirish

Amaliyotlar nimasi bilash yaxshi? Ular har doim ham darhol daromad keltirmasa-da, lekin talaba va ish beruvchining amaliyot orqali oʻzaro muloqoti ularning bir-biri bilan yaxshiroq tanishga va har tomonlama yaxshi oʻylangan qaror qabul qilish imkonini beradi. Koʻp hollarda bunday tanishish kelajakda oʻz mutaxassisligi boʻyicha toʻlaqonli ishga joylashish imkonini beradi.

Yaxshi kompaniyada amaliyot oʻtish – bu kelajakda rezyumeda “nufuzli yozuv” paydo boʻlishini anglatadi. Koʻplab talabalar diplom olish vaqtida oʻzlari ishtirok etgan bir necha loyihalar roʻyxati yozilgan boʻladi. Bunday yozuvlar ularga boshqa nomzodlar oldida biroz boʻlsada ustuvorlik beradi. Yirik xalqaro kompaniyalar amaliyot tajribasi boʻlmagan talabani ishga qabul qilishmaydi.

Yirik korporatsiyalarda mehnat amaliyoti oʻtash RIUning yuqori kurs talabalari orasida juda keng tarqalgan holat, deydi talaba Stepan Klochkov.

“Moliyachilar uchun bu yirik banklar va “Katta toʻrtlik” kompaniyalari, menedjerlar orasida – yirik sanoat korxonalari, marketologlar uchun esa – isteʼmol mollari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar. Bunday kompaniyalarda talabalar uchun doim maxsus dasturlarga ega va bunday amaliyot talabalar uchun eng qulay” - deydi talaba.

Har bir ishda meʼyor boʻlgani yaxshi

Ishlash haqida qaror qabul qilishdan oldin, har bir talaba yaxshilab oʻylab koʻrishi kerak. Oʻqish va ishni bir vaqtda eplash uning qoʻlidan keladimi, ish tufayli uni oʻqishdan haydab yuborishmaydimi.

“Mening kasbimda (moliya, audit, baholash) bir vaqtda oʻqish va ishni bir-biriga zarari tegmaydigan qilib bajarish – juda murakkab, chunki ish butun diqqatni talab qiladi. Undan tashqari shidan keyin qolish va xizmat safarlari ham boʻlib turadi”, - deydi Klochkov.

Oʻqish va ishni bir vaqtda olib borish – juda noqulay. Oʻz imkoniyatidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha yuklama olish mumkin, deydi oʻzbekistonlik talaba Rufat Gapparov.

“Men dam olish kunlari ishlayman. Men faqat shunday tarzda oʻzimga mos keladigan ish jadvali topa oldim”, - deydi talaba.

Shu bilan bir vaqtda, koʻp oʻqituvchilar ishlayotgan talabalar muammolariga tushunish bilan qarashadi. Ayniqsa ularning ish  faoliyati mutaxassisliklari bilan bogʻliq boʻlsa. Baʼzan ular bunday talabalarga biroz yengillik berishga rozi boʻladilar. Agar talabada sogʻlom fikrlash va mehnatsevarlik boʻlsa, u har doim oʻqish va ish orasida kerakli muvozanatni topa oladi.

Asosiy mavzular