16:46 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Yangi ish oʻrinlari va ishsizlik nafaqasi - prezident qarori

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
54910

Hujjatda aytilishicha, Oʻzbekistonda keyingi yilda 382 ming doimiy yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. “2020 yilda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholini bandligini taʼminlash parametrlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

“Ishsizlik darajasi 2019 yil boshiga nisbatan 0,4 foizga kamayib, joriy yil 1 oktyabr holatiga 8,9 foizni tashkil etdi. Rasmiy band aholi soni 2018 yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga yoki 308 ming kishiga oshgan va 5,7 million kishiga yetdi. Iqtisodiy nofaol aholi soni 200 mingga kamayib, 4,0 million kishini tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, yoshlar va ayollar oʻrtasidagi ishsizlik yuqoriligacha qolmoqda (mos ravishda 14,9 foiz va 12,5 foiz), ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1,3 million kishini tashkil etgan. Ish bilan band aholi tarkibida norasmiy band kishilar ulushi (mehnat migratsiyasiz) yuqoriligicha qolib, 39,0 foizni tashkil etmoqda. Ish beruvchilar mehnat bozoriga chiqayotgan yoshlarning kasbiy malaka darajasi yetarli emasligidan eʼtiroz bildirmoqda”, - deyilgan hujjatda.

Hujjatga 2020 yilda 382 ming doimiy yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari; mehnat organlari tomonidan 461 ming aholi bandligini taʼminlash va ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning prognoz koʻrsatkichlari; 605 ming oʻzini oʻzi mehnat daromadi olishga yoʻnaltirgan va yashirin ish oʻrinlarida ishlayotgan shaxslarni rasmiylashtirish parametrlari ilova qilingan.

“Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimi va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan, hisobot davrida tashkil etilgan ish oʻrniga ishchi yollangan va oʻrnatilgan tartibda ish haqi hisoblangan va sugʻurta badali toʻlangan taqdirda bajarilgan deb hisoblanadi”, - deyilgan loyihada.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahri Yashnobod, Yunusobod va Sirgʻali tumanlarida vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurolarini namunaviy loyihalar asosida 2020 yil 1 martgacha qurilishini yakunlab, ishga tushiradi.

“2020 yil davomida ishsizlar soni yuqori boʻlgan mahallalarda 10 ta “Mehnat guzari” komplekslarini namunaviy loyihalar asosida qurish, ularda ishsiz aholi, birinchi navbatda yoshlar, ayollar, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolariga xizmat koʻrsatish va mikro ishlab chiqarish uchun imtiyozli ravishda joy ajratish, kelgusida esa ularga ajratilgan joylarni bozor narxlarida xarid qilish imkonini bersin”, - deyilgan qaror loyihasida.

Hujjatga 2020 yilda ish qidiruvchi shaxslarni ishsizlik nafaqalari bilan taʼminlash prognoz parametrlari ilova qilingan: Respublika boʻyicha jami 20 243 odam ishsizlik nafaqalari bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Mablagʻning umumiy summasi: 24 milliard 292 million soʻm. Viloyatlar kesimida eng koʻp Fargʻona (2287 odam), Samarqand (2277), Andijon (1996), Qashqadaryo (1883) viloyatlarida ishsizlik nafaqalari bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi prognoz parametrlarga oʻzgartirish kiritishi mumkin.

Asosiy mavzular