Ravon Rossiyada narxlarini tushirdi

© RavonV Minske kompaniya "UzAvto" prezentovala noviy brend RAVON.
V Minske kompaniya UzAvto prezentovala noviy brend RAVON. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada yangi yil oldidan Ravon o‘z avtomobillariga chegirmalar e’lon qildi. Eng katta chegirma Ravon Nexia R3 avtomobiliga berilgan.

TOShKENT, 4 dek  - Sputnik. Ravon brendi yangi yil bayrami oldidan Rossiyada o‘z avtomobillari narxini tushirdi. Bu haqida kompaniya rasmiy sahifasida xabar qilingan.

Xususan, Ravon R2 – 646 000 rubldan 586 000 rublga, Ravon Nexia R3 – 670 000 rubldan 550 000 rublga, Ravon R4 – 678 000 dan 603 000 ming rublga tushirilgan.

© RavonSeni na avtomobili Ravon v Rossii snizilis na tisachu dollarov
Ravon Rossiyada narxlarini tushirdi - Sputnik O‘zbekiston
Seni na avtomobili Ravon v Rossii snizilis na tisachu dollarov

Eng katta chegirma Ravon Nexia R3 avtomobiliga berilgan bo‘lib u 120 000 rublni tashkil qiladi. Ravon R4 – avtomobili chegirmasi 75 000 rublni,  Ravon R2 - 60 000 rublni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya avtomobil bozorida joriy yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarni yil yakuniga qadar sotib yuborish uchun deyarli barcha brendlar yangi yil arafasida chegirma e’lon qilishadi.

Ravon uzoq vaqt faoliyati to‘xtatilganidan so‘ng Rossiya bozoriga 2019-yilning avgust oyida kirib kelgan edi. Bugungi kunda Ravon Rossiya avtomobil bozorida Hyundai va Kia hamda Lada brendlari bilan raqobat qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0