15:45 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Rukovoditel i starshiy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu sredi invalidov-amputantov Rustam Kariyev

OʻFA Rustam Kariyevning yaqinlariga taʼziya izhor etdi

Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
112 0 0

Oʻzbekiston jamoasini bir necha marta jahon chempioni unvoni sazovor boʻlishiga hissa qoʻshgan bosh murabbiy Rustam Kariyev 2 dekabr kuni 68 yoshida vafot etdi.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasining bosh murabbiyi  Rustam Kariyevning yaqinlariga taʼziya izhor etdi.

Jamoani bir necha marta jahon chempioni unvoni sazovor boʻlishiga hissa qoʻshgan bosh murabbiy Rustam Kariyev 2 dekabr kuni 68 yoshida vafot etdi.

“Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga ulkan hissa qoʻshgan mutaxassis, Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasini Jahon chempionatlarida gʻalabalarga yetaklay olgan futbol faxriysi Rustam Kariyev vafot etgani munosabati bilan marhumning yaqinlariga taʼziya izhor etamiz”, - deyiladi xabarda.

Oktyabr oyida Rustam Kariyevning jamoasi vatanga navbatdagi sovrinni – Gʻalaba kubogini olib kelishdi. Oʻzbekistonliklar Abxaziyadagi xalqaro turnirning eng yaxshi oʻyinchilariga aylanishdi. Bugungi kunda ushbu jamoa 11 karra Rossiya ochiq chempionati gʻolibi, koʻp bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogiga sohib chiqishga muvaffaq boʻlgan.

Teglar:
murabbiy, futbol, sport

Asosiy mavzular