01:53 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Sovmestnыe ucheniya Vostok–2019 voyennoslujaщix Uzbekistana i Rossii

Oʻzbekiston va Rossiya harbiylari shartli terrorchilar toʻdasini “tor-mor qildi”

Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
158 0 0

Harbiylar tegishli qaror qabul qilingach, qoʻqqisdan hujum boshlashdi. Shartli dushman obʼyektlari va ularning jangovar texnikalari nishonga olishdi. Hamkorlikdagi boʻlinmalarning tezkor va shiddatli harakati tufayli shartli terrorchilar toʻdasi batamom tor-mor qilindi.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Sharqiy harbiy okrug “Gʻurumsaroy” dala-oʻquv maydonda “Sharq – 2019” Oʻzbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi taktik oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Sputnik Oʻzbekistonga maʼlum qildi.

Bir nechta oʻquv joylarida ishtirokchilar bilan jangovar va maxsus taktik tayyorgarlik yoʻnalishlarida mashgʻulotlar tashkil etildi. Boʻlinmalar oldiga qoʻyilgan oʻquv vazifaga koʻra, shartli dushman obʼyektlarini qidirib topish, harakatlanish vaqtida qoʻqqisdan paydo boʻlgan kichik guruhlarni yakson qilish talab etildi. Bunda asosiy eʼtibor, harbiy xizmatchilarning jipsligini taʼminlash, bir-birini qoʻllagan holda dushman obʼyektiga talofat yetkazish kabilar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Sovmestnыe ucheniya Vostok–2019 voyennoslujaщix Uzbekistana i Rossii
Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
Sovmestnыe ucheniya "Vostok–2019" voyennoslujaщix Uzbekistana i Rossii

Oʻquv qatnashchilari qurol-aslaha va anjomlari bilan 5 km masofaga marsh yugurish mashqlarini bajarishdi. Bunda ularning abjirligi, chidamliligi sinovdan oʻtgan boʻlsa, togʻ tayyorgarligidan murakkab toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish, yaradorlarni evakuatsiya qilish mashqlarini ham katta mahorat bilan bajarishdi.

Sovmestnыe ucheniya Vostok–2019 voyennoslujaщix Uzbekistana i Rossii
Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
Sovmestnыe ucheniya "Vostok–2019" voyennoslujaщix Uzbekistana i Rossii

Shuningdek, harbiylar tungi sharoitda ham mashgʻulotlar oʻtkazishdi. Rejaga koʻra, chegara xududlarida qoʻporuvchilik harakatlarini rejalashtirgan jangari toʻdani aniqlash va yakson qilish vazifasi yuklatildi.

Shartli dushman ehtimol tutilgan hududda razvedka ishlari oʻtkazilib, olingan maʼlumotlar zudlik bilan yuqori qoʻmondonlikka yetkazildi. Boʻlinma komandiri tomonidan tegishli qaror qabul qilingach, qoʻqqisdan hujum boshlandi. Shartli dushman obʼyektlari va ularning jangovar texnikalari nishonga olindi. Hamkorlikdagi boʻlinmalarning tezkor va shiddatli harakati tufayli shartli terrorchilar toʻdasi batamom tor-mor qilindi. 

Xabarda mashgʻulotlar yuksak saviyada oʻtgani, mashqlar ikki davlat harbiylariga tajriba almashishlari uchun katta imkoniyat yaratgani taʼkidlangan.

Teglar:
taktik oʻquv mashgʻulotlari, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular