01:23 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Oʻzbekistonda elektroenergetika sektorini raqamlashtirish rejalashtirilmoqda

© Sputnik /
Jamiyat
Havola olish
102 0 0

Oʻzbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan elektroenergiya ulushini 2030-2031 yillarga kelib taxminan 21 foizga oshirmoqchi. Energiyaga oid asbob uskunalarni ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari joriy etiladi.

TOSHKENT, 4 dekabr - Sputnik. Oʻzbekiston 2019-2021 yillarda elektroenergetika sektorini raqamlashtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oʻzbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan elektroenergiya ulushini 2030-2031 yillarga kelib taxminan 21 foizga oshirmoqchi.

4 dekabrda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energetika infratuzilmasi sohasi investorlari (“RENPOWER Uzbekistan 2019”) konferentsiya oʻtkazildi.

Anjumanda taʼkidlanishicha, 100 MVt dan bir necha fotoelektrik loyihalar rejalashtirilib, 2021 yilda quyosh energiyasi quvvatlarini 1 GVt ga yetkazish va ularni ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Hozirgi paytda elektr uzatish tizimidagi yoʻqotishlar 18%, taqsimlash paytidagi yoʻqotishlar esa 14% ni tashkil etmoqda. Elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya qilish esa koʻp miqdorda investitsiya kiritilishini taqozo etadi.

Oʻzbekiston energetika sektorini moliyalash va unga investitsiyalar kiritish boʻyicha uzoq muddatli bosh rejani ishlab chiqmoqchi. 

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiyaga oid asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar va ishlanmalarni yaratuvchilar uchun asosiy soliq imtiyozlari joriy etilishi mumkin. Bundan tashqari, biomasadan energiya ishlab chiqarish va undan foydalanishni ragʻbatlantirish, 2030 yilgacha energiyani tejash dasturlari, quyosh va shamol energetikasini rivojlantirish boʻyicha joriy va kelgusi xatti-harakatlar tahlil etildi. 

Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi, 2019-2021 yillarda elektroenergetika sektorini raqamlashtirish boʻyicha kompleks dasturi ishlab chiqilishi mumkin.

Asosiy mavzular