02:27 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Vorota v Ferganu

Fargʻona hokimi xususiy mulkni olib qoʻydi: Adliya vazirligi munosabat bildirdi

© Flickr / Slava Myronov
Jamiyat
Havola olish
43510

Ushbu holat boʻyicha javobgarlik masalasini hal etish uchun prokuratura organlariga tegishli materiallar tayyorlanmoqda.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Fargʻona hokimi Shuhrat Gʻaniyev tadbirkorning xususiy mulkini noqonuniy ravishda olib qoʻydi. Shundan soʻng Adliya vazirligi hokim qarorini bekor qilish boʻyicha taqdimnoma kiritdi. Bu haqda OʻzA xabar qildi.

Hokimning 19 sentyabrdagi 965-sonli qarori bilan “Constant Trading” MCHJga tegishli xususiy mulk va boshqa tadbirkorlik subʼyektlarining mulklari olib qoʻyilgan.

“Fargʻona hokimi vakolat doirasidan chetga chiqib, tadbirkorlarni xususiy mulk huquqidan mahrum qilgan holda ularga tegishli yirik obʼyektlarni bir necha yillardan buyon boʻsh turganligi hamda samarali foydalanilmayotganligi vaji bilan hokimlik zaxirasiga olgan”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, kiritilgan taqdimnoma ijrosini vazirlik oʻz nazoratiga olgan. Ushbu holat boʻyicha javobgarlik masalasini hal etish uchun prokuratura organlariga tegishli materiallar tayyorlanmoqda.

Shuhrat Gʻaniyev aybini tan olib kechirim soʻradi

Xabarda Adliya vazirligi xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini chinakam himoyasini taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralarni koʻrishini qoʻshimcha qilgan.

Mavzu boʻyicha

Fargʻona viloyati hokimligi "Shuhrat Gʻaniyev oʻz xalqi uchun alamdan gapirgani"ga aniqlik kiritdi
Shuhrat Gʻaniyev masalasi boʻyicha Senat Reglament va Odob kommissiyasi yigʻilishi oʻtkaziladi
“Boʻyin egib, uzr soʻrayman”: Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev
Teglar:
tadbirkor, hokim, Fargʻona

Asosiy mavzular