01:38 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Sotrudniki GUVD Tashkenta pomogli jenщine, o bedstvennom polojenii kotoroy soobщili polzovateli sotsialnыx setey

Toshkentda ogʻir ahvolda qolgan ayolga yordam koʻrsatildi

© GUVD g. Tashkenta.
Jamiyat
Havola olish
270 0 0

Aniqlanishicha, ayolning farzandlari uni parvarish qilmaydilar va holidan har doim ham xabar olishmaydi. Shu bois 76 yoshli ayol masjid yonida tilanchilik qilishga majbur boʻlgan.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari ogʻir ahvolda qolgan ayolga yordam koʻrsatdilar.

Ilgariroq internet tarmogʻida Chilonzor tumanidagi masjid yonida tilanchilik qilayotgan ayolga yordam berish soʻralgan xabar tarqalgan edi.

Sotrudniki GUVD Tashkenta pomogli jenщine, o bedstvennom polojenii kotoroy soobщili polzovateli sotsialnыx setey
© GUVD g. Tashkenta.
Toshkent shahar IIBB xodimlari ogʻir ahvolda qolgan ayolga yordam koʻrsatdilar

Maʼlum qilinishicha, Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari masjid tomon yoʻl olishgan va sovuqotib qolgan ayolni eng yaqin mahalla fuqarolar yigʻiniga olish kelishgan.

Ayolning gaplariga qaraganda, uning ismi Parida-opa, yoshi 76 da, Jizzax viloyatida tugʻilgan. Uning uyi yongʻin oqibatida qulab tushgach, u farzandlari va nevaralari bilan Toshkentga koʻchib kelgan. Poytaxtda ular ijaradagi xonadonda yashashadi, farzandlari ishsiz, oila ogʻir moliyaviy ahvolda qolganligi sababli u har kuni masjid yonida tilanchilik qilishga majbur boʻlayapti.

Taʼkidlanishicha, Parida-opa Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga vaqtinchalik joylashtirilgan.

“Parida K.ning yashash sharoiti oʻrganilgach, uning oilaviy sharoiti yaxshi emasligi maʼlum boʻldi: farzandlari uni parvarish qilmaydilar, baʼzi sharoitlar sababli har doim ham onasidan xabar olish imkoniyatlari yoʻq”, - deyiladi xabarda.

Xabarda ayolning pensiya taʼminoti va statsionar davolanishga joylash masalasi hal qilinayotgani qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahar IIBB fuqarolardan koʻchada sovuqda qolgan uysiz kishini koʻrganda 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, xabar berishni va shunday yoʻl bilan uning hayotini saqlab qolishga chaqirgani xabar qilingan edi. 

Teglar:
yordam, Toshkent

Asosiy mavzular