01:22 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Do kontsa goda v testovom rejime budet zapuщen poyezd po stroyaщeysya Yunusabadskoy vetke metro

Yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari".
Jamiyat
Havola olish
294 0 0

Yunusobod yoʻnalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burgʻilash ishlari yakuniga yetkazildi.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Metroning Yunusobod yoʻnalishidagi ikkinchi tunnelda burgʻilash ishlari yakunlandi. Joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabariga koʻra, hozirgi kunda Yunusobod yoʻnalishining oʻng tunnelida burgʻilash ishlari tugatilib, mavjud boʻlgan “Shahriston” bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborilgan.

Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, “Shahriston” hamda qurilayotgan “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari davom ettirilmoqda. 

Taʼkidlanishicha, loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortigʻi bajarilgan. Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda.

“Joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa yoʻlovchilar uchun poyezdlar harakatini yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Yunusobod yoʻnalishida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgani xabar qilingan edi.

Mavzu boʻyicha

Metro bekatlari ishga tushirilishi bilan kuniga 5 tonnadan ziyod yoqilgʻi iqtisod qilinadi
Toshkentda yangi metro poyezdlari taqdim etildi
Teglar:
Yunusobod, metro

Asosiy mavzular