O‘zbekistonda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tadigan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

© RepostTGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie
TGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tadigan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori 3-dekabr kuni qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi: Samarqand davlat chet tillari instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent farmatsevtika insituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Urganch davlat universiteti va Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchilarni litsenziyalash tartibi qanday amalga oshiriladi - XTV javobi

Mazkur OTMlarning ilmiy pedagogik salohiyati yuqoriligi, moliyaviy faoliyatining barqarorligi, moddiy-texnika bazasi yetarli darajadaligi, ta’lim xizmatlari bozorida mazkur mutaxassisliklarga talab yuqoriligi inobatga olingan.

Qarorga ko‘ra, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan OTMda to‘lov-kontrakti asosida ta’lim olayotgan talabalarning kontrakt to‘lash muddatlari tomonlar kelishuviga ko‘ra shartnoma asosida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan OTMlarining ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tish belgilangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0