07:05 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
218 0 0

Bosqichma-bosqich litsenziyalash – samarali chora, lekin uni ehtiyotkorlik bilan tatbiq etish lozim deb hisoblaydi “Oʻqituvchilar gazetasi” bosh muharriri.

TOSHKENT, 5 dek – Sputnik. Oʻqituvchilarni litsenziyalash – bu butun dunyoda qabul qilingan tajriba, Oʻzbekistonda ham uni qoʻllash foyda keltirishi mumkin, deb hisoblaydi “Oʻqituvchilar gazetasi” bosh muxarriri Arslan Xasavov, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

- Lekin shu bilan birga litsenziyalash tizimi oʻqituvchilar yoʻlida yana bir toʻsiqqa, yana bir korruptsion boyish manbaiga aylanmasligi kerak. Bundan ayniqsa endigina oliygohni tugatgan yosh oʻqituvchilar zarar koʻrishi mumkin. Har qanday litsenziyalash tizimi birinchi navbatda obʼyektiv boʻlishi kerak, - deb hisoblaydi bosh muharrir.

Shuningdek, Xasavov aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonda maktablarda uchrayotgan bulling va zoʻravonlik holatlari, oʻqituvchilar tayyorlashda psixiologik tayyorgarlikning yetishmayotganligidan darak beradi. Chunki oʻqituvchilardan baʼzan oʻquvchilarni ruhiy qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari haqida maʼlumot berish balkim biroz diplomatik yondashuv ham talab qilinadi.  

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2030 yilgacha maxsus imtihonlar oʻtkazish orqali maktab oʻqituvchilari va direktorlari faoliyatini litsenziyalash rejalashtirilmoqda. 2021 yilga kelib oʻqituvchilarning umumiy sonidan 5%, 2030 yilgacha – 15-30% gachasi litsenziya olishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston ushbu amaliyotni dunyoning yetakchi AQSH, Frantsiya, Rossiya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda amalga oshirmoqda.

Xasavov: litsenzirovaniye uchiteley - poleznaya mera, no eto ne doljno stat baryerom

Asosiy mavzular