10:34 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
458 0 0

Oʻzbekistonda “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” faoliyatlari yoʻlga qoʻyilgan.

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Ayollar, maktab va kollej oʻquvchi qizlari oʻrtasidagi sodir boʻlayotgan “suitsid” holatlarining oldini olish maqsadida Oʻzbekistonda shu yilda “Bosh suitsidolog” markazi joriy etildi.

Ayni damda IIV, prokuratura ushbu markaz bilan hamkorlikda ishlab, maktab hamda kollejlarda mavzu yuzasidan targʻibot va tashviqot ishlarini oʻtkazib kelishmoqda. Bu haqda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi - Baxtiyor Berdialiyev 5 dekabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan “Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar haqida” mavzusidagi matbuot anjumanida Sputnik muxbiriga maʼlum qildi.

“Ayollar va maktab, kollej talaba qizlari oʻrtasida sodir boʻlayotgan ushbu suitsid holatlari oʻylaymizki, oilaviy nizolar, ruhiyatga taʼsir qiluvchi arzimagan sabablar tufayli ham yuzaga kelyapti va buni kasallik deymiz. Bu borada “Bosh suitsidolog” lavozimi tashkil etilgan. “Suitsidolog”  markazi viloyat markazlari, xususan Toshkent shahri boʻyicha bir necha marotaba uchrashuvlar oʻtkazganmiz. “Suitsidolog”larning vazifasi bizning vazifamizga oʻxshash, ammo ular bizga boʻysunuvchi tashkilot emas”, - dedi Berdialiyev.

Asosiy mavzular