22:32 29 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Jamiyat
Havola olish
114 0 0

Oʻzbekistonda tashkil qilingan xususiy mehnat agentliklari soni 90taga yetgan va ular 41 ming kishiga xizmat koʻrsatgan, 1,9 ming kishini xorijga yuborgan.

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan 41,3 ming fuqarolarga xizmatlar koʻrsatildi, deb xabar qilmokda Sputnik muxbiri Mehnat vazirligi boshqarma boshligʻi Dilmurod Isaqulovdan olingan maʼlumot asosida.

Xizmatlar asosan Fargʻona (14,2 ming), Andijon, Namangan, Samarqand (4,3 mingdan), Buxoro (2,8 ming) Qashqadaryo (2,4 ming) va Samarqand (3,7 ming) viloyatlarida koʻrsatilgan.

Xorijga tashkillashtirilgan tartibda yuborilgan fuqarolar soni -  1,9 ming kishini tashkil qilgan. Fuqarolar asosan Rossiya, Turkiya, Litva, Latviya, Polsha, BAA, Isroil va boshka mamlakatlarga ishga yuborilgan.

Bugungi kunga kelib xususiy agentliklar soni 90 taga yetkazilgan va ulardan 60 tasi fukarolarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shugʻullanish huqukini olgan.

Asosiy mavzular