Rep-qo‘shiqchi Shohruh o‘z nomzodini deputatlikka qo‘ydi

© Facebook / Shoxrux UktamovichIzvestniy uzbekskiy reper Shoxrux
Izvestniy uzbekskiy reper Shoxrux - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli o‘zbek rep-qo‘shiqchi Shohruh Shodmonov Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashi deputatligiga o‘z nomzodini qo‘ydi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Taniqli o‘zbek rep-qo‘shiqchi Shohruh Shadmanov 9-saylov okrugi bo‘yicha Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashi deputatligiga o‘z nomzodini qo‘ydi. 

Bu haqda xonandaning Instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi va unga topshirilgan guvohnoma suratini xabarga ilova tarzida joylashtirdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Shadmanov Shokhrukh Uktamovich (@shoxrux)

“Aziz yurtdoshlar! Sizlarga ma’lumki, men musiqa bilan hobbi sifatida shug‘ullanganman, lekin hayot faqat qo‘shiqlardan iborat emas. Men ham yurtimizning rivojiga hissa qo‘shmoqchiman. Bu borada sizlarning fikringiz qanday?” - deb yozgan xonanda postida.

Qoldirilgan ushbu xabar ostida hamkasblari va muxlislari Shohruhni tabriklab, unga omad tilashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0