11:06 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
2461 0 0

Rossiya prezidenti har doim oʻzi bilan olib yuradigan “yadroviy chemodan”ning ichida nimalar borligi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Rossining “Zvezda” telekanali koʻrsatuvlaridan birida Rossiya prezidenti har doim oʻzi bilan olib yuradigan “yadroviy chemodan”ning ichki koʻrnishi namoyish qilindi.

Telekoʻrsatuv davomida namoyish qilingan fotosuratlarda 1960 yillarda ishlab chiqarilgan birinchi yadroviy chemodanning ichi koʻrsatilgan.

Fotosuratlarda koʻrinib turganidan maʼlumki “yadroviy chemodan” ichida 0-9gacha boʻlgan raqamlar, elektron ekran va “Pusk” (uchirish)  va “Otmena” (bekor qilish) degan tugmalar bor ekan. Kutilmaganda, yadroviy raketani uchiruvchi tugmacha oq rangda, zarbani bekor qiluvchi tugmacha esa qizil rangda ekan.  

Ushbu chemodan doimo prezident yaqinida boʻluvchi harbiy ofitser qoʻlida boʻlishi shart ekan. Raketani uchirish uchun chemodanning maxsus boʻlimiga 2ta flesh-kartani joylashtirish kerak ekan. Flesh kartalardan biri prezident tomonidan joylashtirilar ekan. Ushbu flesh kartalarda raqamli imzo joylashtirilgan.

Ushbu koʻrsatuv Rossiya raketa qoʻshinlarining 60 yillik yubileyiga bagʻishlangan.

 

 

Asosiy mavzular