14:01 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
Rus Samarqandi: Sputnik Oʻzbekiston maxsus loyihasi (4)
146920

SSSR tarqalib ketganidan soʻng rus nomlar Samarqand xaritasidan yoʻq boʻlib ketdi, lekin hozir vaziyat oʻzgarmoqda – shaharda Mixail Ivanovich Nevesskiy nomiga xotira taxtachasi paydo boʻlishi mumkin. Aynan shu inson Samarqanddagi yashil bulvarni yaratgan va bogʻlarni barpo etgan

"Rus Samarqandi" atamasi XIX asrning ikkinchi yarmida, Turkistonning ushbu viloyati Rossiyaga qoʻshilgach, paydo boʻlgan. Dastlab general Kaufman boshchiligidagi rus qoʻshinlari eski qalʼa hududida joylashishgan edi. Keyinchalik esa qalʼa hududi qayta qurilib, u yerda "Samarqandning rus qismi" qurish rejasi ishlab chiqiladi. Atrofdagi mahalliy aholiga tegishli yerlar, bogʻlar sotib olinib, yangi qurilish boshlanadi.

XIX asr oxiri XX asr boshida qurilgan koʻplab uylar haligacha Samarqandni bezab turibdi. Markaziy bulvar esa, bir necha bor nomini oʻzgartirib, hozir "Universitet bulvari" boʻlgan. Bu yer shaharning markazida joylashgan boʻlib mahalliy aholi uchun shinam sayhlgoh boʻlib xizmat qiladi.

Albatta, Registon maydoni va uning atrofidagi masjid va maqbaralar, Amir Temur davri yodgorliklari -  Sharqning haqiqiy durdonasi boʻlgan va shunday boʻlib qoladi ham. Lekin aynan shu yerdan, shaharning musulmonlar yashagan qismidan “rus” bulvari boshlanadi.

Rus amaldori haqida bir soʻz

Samarqand  Davlat universitettining rus filologiyasi fakulteti dotsenti Ruben Nazaryan butun umri davomida Samarqandning Revolyutsiyagacha boʻlgan tarixini, uning aytishi boʻyicha kolonial, rus davrini oʻrganish bilan shugʻullanadi. U ushbu mavzuda kitoblar yozgan, Rossiya va xorijiy telekompaniyalar bilan hamkorlik qilgan.

Universitetga, uning ish joyiga borsak – u yoʻq ekan, bemorligi tufayli bolnichniyda ekanligi maʼlum bщldi. Unga qoʻngʻiroq qilganimizda: "Menda juda qiziq yangiliklar bor, ular haqida hali hech kim xabar qilmagan”, deb qoldi. Biroz vaqt oʻtib uning shahar chekkasidagi xonadoniga yetib bordik. U bizni qahva bilan siylab, shaharda yuz berayotgan yangiliklar va yangi prezident bilan kelgan oʻzgarishlar haqida hikoya qilib berdi. 

"Rus Samarqandi haqida men hammadan koʻp yozganman – butun umrim davomida arxivlar, kitoblar, zamondoshlar kundaliklari orqali Samarqandning rus davrini  oʻrganganman. Soʻnggi yillarda yangi prezident kelganidan soʻng ushbu mavzuda toʻlaqonli ishlash uchun imkoniyat paydo boʻldi. Oldin SSSR davrida ham, undan soʻng ham bu mavzuda cheklovlar bor edi", - deydi Nazaryan. 

Tarixiy maʼlumotlardagi noaniqliklarni toʻgʻrilashni, revolyutsiyagacha faoliyat yuritgan rus arboblari nomlarini abadiylashtirish masalasida maslahat soʻrab unga bir necha marotaba murojaat qilishgan. Hozir ushbu jarayonda biroz oldinga siljish kuzatilmoqda.

"Bir necha oy oldin dars oʻtayotgan edim, kutilmaganda hokimiyatdan qoʻngʻiroq qilib qolishdi. Sababini tushuntirmasdan  “Siz darhol bu yerga kela olasizmi?", deyishdi. Borsam. u yerda 30ga yaqin odam nimanidir muhokama qilishayotgan ekan. Ular shahar markazida bulvar va undan boshlangan koʻchalarni qurish rejasini tuzgan va bu yerda koʻplab yashil daraxtlar oʻtqazgan mutaxassis – Mixail Ivanovich Nevesskiyga u yashagan uyda yodgorlik taxtachasi qoʻyishmoqchi ekan. Bu binoda hozir YUNESKOning Markaziy Osiyo izlanishlari instituti joylashgan”, - deb hikoyasini boshladi Ruben Nazaryan.

Oʻshanda unga Nevesskiy haqida batafsil maʼlumot toʻplash kerakligi haqida xabar qilishadi. Bunga javoban u buning Toshkent, balkim Rossiyaga borishga toʻgʻri kelishi mumkinligini xabar qilgan. Tashrifning moliyaviy va tashkiliy tomonlari hal boʻlgandan soʻng Nazaryanga Moskva, Sankt-Peterburg va Sochiga borishga toʻgʻri kelgan.

Izlari yoʻqolgan boʻlsada, baʼzi maʼlumotlar bor  

Iyul oyida Ruben Nazaryan uzoq komandirovkaga otlanadi. Dastlab Toshkentga yoʻl oladi. Rossiya amaldorining taqdiri ancha murakkab boʻlib chiqadi.

Dom Mixaila Nevesskogo, gde raspolagayetsya Mejdunarodnыy institut Tsentralnoaziatskix issledovaniy pri YUNESKO
Dom Mixaila Nevesskogo, gde raspolagayetsya Mejdunarodnыy institut Tsentralnoaziatskix issledovaniy pri YUNESKO

Nevesskiy Ukrainaning qishloqlaridan birida tugʻilgan. Uning otasi oʻzini dvoryan qilib koʻrsatishga urinsada, aslida kichik lavozimda ishlagan amaldor boʻlgan. Nevesskiy 12-13 yoshda boʻlganida Kiyev yaqinida bogʻdorchilik va yer xoʻjaligi maktabi ochiladi. U yerga oddiy oilalardan bolalarni qabul qilib, bepul taʼlim berishar edi. Boʻlajak landshaft dizayneri Nevesskiy u yerda 6-7 yil oʻqib bogʻdor diplomini oladi.

“Keyin nima boʻlganini tushunish juda qiyin – qandaydir gʻalati ravishda Nevesskiy 19 yoshida Peterburgda imperator bogʻiga bogʻbon boʻlib ishga kiradi. Bir yil oʻtib esa, u Turkinston general-gubernatori fon Kaufmanga xat yozib oʻzi haqida hikoya qilib beradi va uning sogʻligʻiga Peterburgning sovuq havosi toʻgʻri kelmasligini va uni oʻz yoniga chaqirishini soʻraydi va Kaufman bunga rozi boʻladi”, - dedi izlanuvchi-oʻqituvchi. 

Shunday qilib Nevesskiy dastlab Toshkentga, 3 yildan keyin Samarqandga keladi. Bu yerda u 30 yildan ortiq ishlaydi. Samarqandda bugun soya solib turgan ulkan chinorlarni aynan Nevesskiy oʻtqazgan. Undan tashqari u Omon-Qoʻton qilshlogʻida ham oʻrmon xoʻjaligi tashkil qilgan.

Shaharning musulmon qismidan rus qismigacha boʻlgan boʻsh joyda daraxtlar ekish uchun Mixail Ivanovich butun dunyodan daraxt koʻchatlarini olib kelib, ularni dastlab koʻchatxonada parvarish qilgan. Daraxtlar iqlimga moslashganidan soʻng shahar koʻchalariga oʻtqazgan.

“Men aniqlashimcha, Nevesskiy Samarqandga 1870 yilda kelgan. Oʻz loyihasi boʻyicha Bulvarda uy qurgan. Keyinchalik u davlat xizmatida "Statskiy sovetnik" darajasigacha koʻtarilgan. Bu general bilan bir xil degani. Lekin uning oʻzi juda kamtar inson sifatida qolgan. Keyinchalik u joylarda baʼzi kamchiliklarni koʻrib, amaldorlarining qalbaki hisobotlari haqida Toshkent va Peterburgga xabar qilgan. Bu esa uning karyerasiga nuqta qoʻyilishiga sabab boʻlgan. Unga Samarqandda xotirjam qolishga imkon berishmagan”, - deydi Nazaryan.

Universitetskiy prospekt v Samarkande
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Universitetskiy prospekt v Samarkande

Oqibatda 1908 yilda u Sochiga koʻchib ketadi. U yerda hukumat unga yer ajratib beradi.

Xotira taxtasi bahorda paydo boʻladimi?

Oʻzbekistonlik izlanuvchi-domla Sochiga ham boradi, lekin u yerda ham Nevesskiyning izlarni topa olmaydi. Mahalliy qabristonda uning qabrini yoki nasroniy yeparxiyasidan ham 50 yillik hujjatlarni axtarib Nevesskiy oʻlimi haqida maʼlumot topa olmaydi.

Nazaryan Nevesskiy hayotini faqat 1916 yilga qadar kuzatib borishga muvaffaq boʻladi va uning yagona oʻgʻli boʻlganini va nabirasi fon doktori boʻlganini aniqlaydi.

“Nevesskiy Sochidan Moskva yoki Sankt-Peterburgga ketgan, lekin u yerda ham u haqida hech narsa topishning iloji boʻlmadi. Muammo shundaki, u Samarqandda davlat xizmatini tark etgan. Shundan soʻng Rossiya poytaxtida uning hayoti hech kimni qiziqtirmagan”, - deydi Nazaryan.

Qidiruv vaqtincha toʻxtatilgan, lekin umid yoʻqolgan emas...  

Samarqanddagi Nevesskiy uyida xotira taxtachasi oʻrnatish masalasiga kelsak, u YUNESKOning Markaziy Osiyo izlanishlar instituti jurnalida Nevesskiy haqida maqola chop etilganidan soʻng oʻrnatiladi. Bu kelasi yil bahorda roʻy berishi kerak.

“Hukumat Samarqand uchun juda koʻp ish qilgan rus amaldori xotirasini abadiylashtirsa juda yaxshi boʻlardi. Bizning shaharda ruscha nom bilan ataluvchi yagona koʻcha bor – Pushkin koʻchasi. Uni shoirning 100 yilligi munosabati bilan atashgan va shundan soʻng  nomini hech kim oʻzgartirmagan. Shuningdek, viloyat kutubxonasi 1937 yildan buyon rus mumtoz shoiri nomida. Agar Mixail  Ivanovich Nevesskiy nomi hech boʻlmasa xotira taxtachasi yordamida abadiylashtirilsa – bu katta ish boʻlardi", — deydi Nazaryan.

Uning soʻzlariga koʻra, ruslar turli davrlarda Samarqand rivojlanishiga katta hissa qoʻshishgan va buni unutish nohaqlik boʻlgan boʻlardi.

Mavzu:
Rus Samarqandi: Sputnik Oʻzbekiston maxsus loyihasi (4)

Asosiy mavzular