O‘zbekiston va Eron o‘rtasida muntazam parvozlar tiklandi

© Jetphotos / Mohamadreza ZeinlooSamolet aviakompanii "Zagros Airlines"
Samolet aviakompanii Zagros Airlines  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
9 dekabr kuni Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Avvaliga parvozlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. 9-dekabr kuni Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.  

Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Tehron o‘rtasida aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, dastlabki aviakompaniya mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Xabarda yozilishicha, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida muntazam parvozlarning tiklanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Tehron o‘rtasida aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0