Toshkentning Yunusobod tumanidagi ba’zi ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqich qurilishlari doirasida yerosti o‘tish yo‘lini barpo etish munosabati bilan tumanidagi ba’zi ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopildi.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanidagi ba’zi ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopildi.

Noviy dizayn avtomobiley GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l harakati qoidalarini buzgan ikki nafar IIB xodimi jarimaga tortildi

Endilikda, ayrim yo‘nalishlardagi avtobuslar o‘z yo‘nalish harakatini A.Donish ko‘chasidan Yangi shahar hamda A.Temur ko‘chalari bo‘ylab davom ettiradi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqich qurilishlari doirasida yerosti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan ta’mirlash ishlari yakuniga qadar hududdagi A.Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasidan boshlab Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi o‘tish yo‘li avtotransportlar harakati uchun yopiladi.

Bu esa jamoat transporti - avtobuslar harakatiga ham tegishli bo‘lib, yuqoridagi manzil bo‘yicha harakatlanuvchi 5, 25, 36, 52, 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 111, 119, 140, 149, 151, 152, 190, 198-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar o‘z yo‘nalish harakatini A.Donish ko‘chasidan Yangi shahar hamda A.Temur ko‘chalari orqali davom ettiradi.

Yangiliklar lentasi
0