16:53 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
149 0 0

Toshkentning Amir Temur, Shahrisabz, Mustaqillik, Istiqlol koʻchalari oraligʻidagi avtoturargoh oʻrniga zamonaviy mehmonxona qurish ishlari boshlangan.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Toshkentning Amir Temur, Shahrisabz, Mustaqillik, Istiqlol koʻchalari oraligʻidagi avtoturargoh oʻrniga zamonaviy mehmonxona qurish ishlari boshlangan. Bu haqda “Toshshahartrans” xizmati xabarida aytilmoqda.

Mehmonxona qurilishi munosabati bilan baʼzi jamoat transportlari yoʻnalishlari oʻzgaradi.

Yaʼni Istiqlol koʻchasidagi avtobuslar soʻnggi bekatining bir qismi yopiladi va bu koʻchadan harakatlanuvchi 96-yoʻnalish avtobuslari Taraqqiyot, Amir Temur, Istiqlol koʻchalari orqali soʻnggi bekatgacha keladi.

Qaytishda esa soʻnggi bekatdan Istiqlol, Mustaqillik, Amir Temur koʻchalari orqali oʻz yoʻnalishini davom ettiradi.

53-yoʻnalish avtobuslari esa toʻgʻri yoʻnalishdagi harakatini A.Navoiy koʻchasidan, Shahrisabz, Mustaqillik, Istiqlol koʻchalari orqali soʻnggi bekatigacha keladi. Qaytishda Istiqlol, Amir Temur, A.Navoiy koʻchalari orqali oʻz yoʻnalishini davom ettiradi.

Asosiy mavzular