06:15 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
504 0 0

A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Oʻzbekistonda filiali ochilishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Oʻzbekistonda filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur masala universitet, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi vakillari ishtirokidagi videokonferentsiyada muhokama qilindi.

MTV matbuot xizmatiga xabariga koʻra, filial Oʻzbekistonda pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalarini yoʻlga qoʻyadi.

Tomonlar dars mashgʻulotlarini quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlga qoʻyishni koʻrib chiqdilar:

- alohida ehtiyojga muhtoj bolalar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun reablitatsiya va tuzatuvchi pedagogogika;

-maktabgacha taʼlim;

- psixologiya.

 “A.I.Gertsen nomidagi universitet - samarali oʻquv dasturlari va oʻqitish metodikalariga ega Rossiyaning yetakchi pedagogika oliy oʻquv yurtlaridan biridir. Hamkorligimiz boʻyicha ijobiy natijalarimizdan biri Nukus MTT mutaxassislari “Imkon” reabilitatsiya markazi mutaxassislari bilan A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida malaka oshirishdi. Sankt-Peterburgdan professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarni Universitetning Toshkent filiali ishiga jalb qilishni rejalashtirganmiz", - deydi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin.

Keyingi uchrashuvlarda tomonlar fakultetlarning toʻliq roʻyxatini shakllantirishni, shuningdek, bakalavr va magistratura dasturlarini ishlab chiqishni rejalashtirib olishdi.

A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti – Rossiyagi eng yirik pedagogik universitet boʻlib, 1797 yilda tashkil etilgan. Universitet 30 dan ortiq mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr va magistrlarni tayyorlaydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda MGIMOning filiali rasman ochilgani xabar qilingan edi.

Teglar:
filial, oliygoh, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular