O‘zbekiston malakali siyosatchi kadrlarni yetishtirishda Rossiya bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOtkritie filiala MGIMO v Tashkente
Otkritie filiala MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston siyosiy sohada malakali va chuqur bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida Rossiya davlati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. O‘zbekiston siyosiy sohada malakali va chuqur bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida Rossiya davlati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda 10 dekabr kuni AOKA anjumanlar zalida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Axborot tahlil markazi bosh mutaxassisi Murod Uzoqov ma’lum qildi.

Otkritie filiala MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi filial elitar oliygoh bo‘ladi – MGIMO rektori

Ta’kidlanishicha, oxirgi uch yil mobaynida O‘zbekistonda ichki va tashqi siyosiy jarayonlar jadallashib bormoqda. Shu bois nafaqat ichki, balki tashqi siyosatni mukammal tushuna oladigan, chuqur bilimga ega bo‘lgan siyosatshunoslarga ehtiyoj sezilmoqda.

Bunday malakali siyosatchilarni tayyorlashda esa Rossiyaning kuchli siyosatchi mutaxassislari O‘zbekistonga taklif etiladi va ular tajribasiga tayangan holda yosh malakali siyosatchilar tayyorlanadi.

Matbuot anjumani “Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 29-yanvardagi prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilib, umuman bu borada joriy yilda qilingan ishlar yuzasidan ham to‘xtalib o‘tildi.

Unga ko‘ra 2019-2020-o‘quv yili uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga “Siyosatshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 20 nafar talaba; “Amaliy siyosatshunoslik” magistratura mutaxassisligiga 10 nafar talaba; “Siyosiy fanlar” fani tarmog‘i ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturaga 4 kishi va doktoranturaga 2 kishi qabul qilinganligi aytib o‘tildi.  

Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik sohasidagi mahalliy va xorijiy yetakchi mutaxassislar jalb qilingan holda “Siyosatshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan.

Ushbu kafedraning asosiy vazifasi ilg‘or xorijiy tajriba hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda ish asosida siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qolaversa jahon siyosatidagi eng yangi trend va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda xalqaro darajadagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Yangiliklar lentasi
0