08:45 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Rus Samarqandi: Sputnik Oʻzbekiston maxsus loyihasi (4)
285 0 0

Biz ikona chizuvchi rassom - Aleksandr Galak haqida tasodifan, rus Samarqandi mavzusi ustida ish olib borayotib, bilib qoldik.

Samarqandning yagona ikona chizuvchi rassomi Aleksandr Galak avliyolar suratlarini tasodifan chizishni boshlagan - uni 1990 yillarda boshqa rassomlar qatorida deyarli vayronaga aylangan Aleksey cherkovini tiklash uchun taklif qilishgan edi. Endi u bu ishni asosiy kasblaridan biri deb biladi.

Biz ikona chizuvchi rassom Aleksandr Galak haqida tasodifan, rus Samarqandi mavzusi ustida ish olib borayotib bilib qoldik. Uning ustaxonasini topish qiyin emas edi – shaharning uchta ishlayotgan cherkovlardan birida joylashgani aniq edi.

Va shunday boʻlib chiqdi ham – mana koʻp yillardirki u Pokrov cherkovida xizmat qilib kelmoqda. Bu oʻsha,  1903 yilda qurilgan, sovet davrida ham faoliyat yuritgan – u bir kunga ham ibodatchilariga oʻz eshiklarini berkitmagan.

Ikonalarni chizadi va tiklaydi...

Ikonachi rassomni izlayotganimizni bilgach, sham doʻkoni yonida turgan ayollar unga qoʻngʻiroq qilishni boshladilar, u esa darsda edi. Aleksandr Galak Bolalar ijodiy maktabida rassomchilikdan dars beradi. Tanaffus vaqtida u qaytib qoʻngʻiroq qildi. Uni izlab Moskvadan mexmonlar kelganini bilgan, tushlik paytida kelishga vaʼda berdi.

Xudojnik-ikonopisets Aleksandr Galak rasskazыvayet  o vosstanovlenii Alekseyevskogo xrama v Samarkande
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Xudojnik-ikonopisets Aleksandr Galak rasskazыvayet o vosstanovlenii Alekseyevskogo xrama v Samarkande

Aleksandr kelayotganini eshitgan ayollar bizga uning ishlarini koʻrsatishga kirishdilar – yakshanba maktabiga, choʻqintirish xonasi va hisobxonaga olib boruvchi koridorning qorday oppoq, Injildan olingan voqealar tasvirlari tushirilgan devorlar. Asarlar juda taʼsirli – bu bizning zamondoshimizning ishi ekanligiga ishonish qiyin. Ehtimol, cherkovning umumiy muhiti taʼsiridir, chunki hajmlari kichikligi tufayli juda fayzliday tuyuladi. Qoʻngʻiroq chalinadigan minoraga chiqib atrofni tomosha qilishga ruxsat berishdi. U yerdan biz bilan uchrashishga shoshayotgan rassomni koʻrdik.

"Bularning barchasi, 90-yillarda, Sovet Ittifoqi davrida avliyo Aleksey cherkovida joydashgan harbiy qismning klubini dindorlarga qaytarib berilishi davridan boshlandi, Ittifoq parchalingach esa uning maqomi mutlako noaniq boʻlib qoldi. Bu oʻz davrida Samarqandning eng katta cherkovi deb atash ham qiyin edi, chunki na gumbazi, na ikonalari,  Xudoni uyi deb atashga loyiq na biron bir ishora ham yoʻq edi," – cherkov hududi boʻylab ustaxona tomon yurar ekanmiz, ikona rassomchiligiga kirib kelish tarixi haqida Aleksandr Galak shularni soʻzlab berdi.

Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning shaxsiy aralashuvidan soʻng cherkov nihoyat Samarqandning pravoslav aholisiga topshirildi.

"Lekin cherkov juda ayanchli ahvolda edi – devorlar, pollar, uning tashqi koʻrinishiga qarash ogʻir edi. Hamma narsa bamisoli yarador edi. Bittayam ikona yoʻq edi. Uni qanday tiklash toʻgʻrisida savol tugʻildi. Tabiiyki, rassomlarni, shu jumladan meni ham  taklif qilishdi. Shu tariqa meni cherkovga kirishim, va shu yoʻnalishda harakatlarim boshlandi. Dastlab biz ushbu cherkovga kirishdik, tashqi koʻrinishni tiklashga harakat qildik, birinchi ikonalarni chizishni boshladik, keyin esa davom etib ketdi... men hali ham cherkov devorlarini tark etolmayman", - bu soʻzlar bilan Aleksandr Galak bizni oʻz xujrasiga olib kirdi.

Ichi salqin, lekin hech kim shikoyat qilmaydi. Aleksandrning xonasida devorlarda, stol va javonlarda yangi va qadimiy, tiklashga rassom ishlashi uchun endigina olingan ikona va xochlar.

"Ikonalarni chizish - bu oddiy rasmlar chizish bilan qiyoslab boʻlmaydigan ish. Men oʻzgarishimga toʻgri kelardi – bu tasvir yaratishning umuman boshqa tili. Hatto fikrlash ham boshqacha boʻladi. Avvaliga ikona sanʼatiga kirishish oson emas edi. Men ikona chizishda boshqacha mamnuniyatni his etaman, hatto ishni boshlaganimda men oʻzimni boshqacha his qilaman”, - deb tan oladi usta.

Xudojnik-ikonopisets Aleksandr Galak pokazыvayet svoyu samodelnuyu knigu o pravoslavii v Samarkande
© Sputnik /
Xudojnik-ikonopisets Aleksandr Galak pokazыvayet svoyu samodelnuyu knigu o pravoslavii v Samarkande

Va keyin u oʻzini klassik ikona rassomi deb hisoblamasligini taʼkidladi, chunki u maxsus maʼlumot olmagan. "Men ikona chizuvchi oddiy rasomman", - deb taʼkidlaydi u.

Ikonalarni turmush oʻrtogʻi Yelena Larina ham chizadi, ular koʻp yillardan beri birga. Yelena turmush oʻrtogʻi bilan birga Bolalar ijodiy maktabida dars berar ekan.

Aleksandr Galak koʻzimiz oldida ikona qanday tiklanishini koʻrsatmoqda - katta sinchkovlik va diqqat bilan ikonaning mayda detallari ustida moʻyqalam bilan ishlaydi va eski asarlarga yangi koʻrinishni qaytaradi. Biz bir necha daqiqa kuzatdik xolos, lekin odatda rassomlar oʻrnidan soatlab turmaydi.

Samarqand nasroniyligi haqida kitob

"Men Samarqandda tugʻildim va ulgʻaydim, bu mening vatanim. Men har doim bu joylarning boy tarixiga qiziqaman. Vaqt oʻtishi bilan men Sharqdagi nasroniylikni asoslari bilan qiziqdim. Yetti yil davomida men Samarqandda pravoslav cherkovlarning paydo boʻlishi bilan – qayerda va qachon qurilgan, kimlar birinchi ruhoniylardan boʻlgan, birinchi jamoatlar qanday yaratilgan va hokazo", - bu soʻzlarni aytar ekan u ikonalarni ber chetga surib koʻlbola chop etilgan kitobni tokchadan oldi.

Ushbu asarda pravoslav Samarqandi haqida barcha maʼlumotlar mavjud. Unda birinchi cherkov 1868 yilda qanday ochilgan, ular soni nechta boʻlgan va ibodatxonalarda kimlar xizmat qilganlari yozilgan. Aleksandr bir kun kelib bu kitobni yaxshi qogʻozda qattiq muqovada nashr etishni orzu qiladi.

V masterskoy xudojnika-ikonopistsa Aleksandra Galaka v Samarkande
© Sputnik /
V masterskoy xudojnika-ikonopistsa Aleksandra Galaka v Samarkande

"Men nima uchun Samarqandda cherkovlar paydo boʻla boshlaganini tushundim – ruslar bu yerga yetib kelgach, oʻz vatanidan yiroqda, oʻzligini: milliy taomlari, dini va oʻz urf-odatlarini yoʻqotmaslikni xohlashadi. Bularni bu yerda  saqlab qolish ular uchun juda muhim edi. Ibodatxonalar ochila boshladi – boshida sodda, keyinchalik esa chiroyli va muhtasham. Va bu hali ham maʼlum darajada saqlanib qolgan, chunki biz aslida vatanimizdan uzoqda yashaymiz, garchi Samarqandni va Uzbekistonni oʻz uyimiz deb bilsak xam" – taʼkidlaydi Aleksandr Galak.

Ikki vatanga boʻlgan muhabbat arxitekturada ham seziladi – Samarqandning barcha pravoslav ziyoratgohlarida sharqona notalar mavjud edi, dekor shubhasiz mahalliy edi. Va rus pravoslav cherkovlarining qurilishiga mahalliy aholi yollangan.

Xujrada ozgina sovqotib kolgach, koʻchaga chiqamiz – quyosh porlab turibdi, Oʻzbekistonda qish Rossiyadan farqli oʻlarok boshqacha kecharkan. Samarqandning pravoslav cherkovlarida ham oʻzingizni boshqacha his qilasiz: goʻyo eʼtiqod ham marosimlar ham bir, ammo sharqona rang-baranglilik oʻzbekistonlik ruslarning turmush tarziga chuqur singib ketganga oʻxshaydi. Aynan shu jihat hayotning hamma jabhalarida tom maʼnoda oʻz aksini topadi, garchi u faqat moskvalikning koʻzlari bilan koʻriladigan boʻlsa-da.

Mavzu:
Rus Samarqandi: Sputnik Oʻzbekiston maxsus loyihasi (4)

Asosiy mavzular