UzAuto Motors yangi yil arafasida chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShevrole Treker
Shevrole Treker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zAvto Motors yangi yil bayrami arafasida o‘zining ikki modeliga besh va o‘n foizli chegirmalar e’lon qildi.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. UzAuto Motors yangi yil arafasida O‘zbekiston aholisini bayram bilan tabriklab, ayrim modellariga chegirmalar e’lon qildi.

Xususan, mijozlar avtomobil narxini 100 % to‘lagan taqdirda,  Malibu modeli uchun – 5 %, Tracker uchun – 10 % chegirmalar taqdim etiladi, deyilgan kompaniya xabarida.

Yangi yil aksiyasi 11-dekabrdan 22-dekabrga qadar davom etadi. Aksiyada Malibu-2 LT 1,5 Turbo, shuningdek Tracker LT A/T va M/T opsiyalari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda UzAuto Motors xaridorlarga 9 xil avtomobillar taklif qilmoqda. Ular Nexia, Damas, Labo, Spark, Cobalt, Tracker, Lacetti, Malibu, Captiva modellaridir.

Yangiliklar lentasi
0