Kavkaz hududidagi O‘zbekiston fuqarolari qayerda ovoz berishlari mumkin?

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMujchina golosuyet na izbiratelnom uchastke
Mujchina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Kavkaz hududida vaqtincha yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari Rostov-na-Donu shahridagi bosh konsulxonada ovoz berishlari mumkin.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Rossiyaning Kavkaz hududida vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2019-yil 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida qayerda ovoz berishlari mumkinligi ma’lum bo‘ldi, TIV xabariga asosan.

"O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi qaroriga binoan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha konsulxona huzurida 144-Do‘mbirobod saylov okrugiga biriktirilgan 40-saylov uchastkasi tashkil etilgan. Saylov uchastkasi manzili: Rostov-na-Donu shahri, Suvorov ko‘chasi, 28G. Tel: + 7-863 285-50-57", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, bu safargi parlament saylovlarida Rossiya hududida O‘zbekiston fuqarolari uchun 8ta saylov uchastkalari ochiladi. Saylov uchastkalari Moskva, Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Yekaterinburg, Rostov-na-Donu, Novosibirsk shaharlarida joylashgan O‘zbekiston bosh konsulxonalari hamda Moskva shahrida joylashgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasida ochiladi. 

Xorijiy mamlakatlarda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari saylovda ishtirok etish uchun oldindan O‘zbekiston konsulxonalariga murojaat qilib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Onlayn tartibda mustaqil ro‘yxatdan o‘tish ayni damda to‘xtatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0