O‘zbekistonda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkil qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda keng vakolatlarga ega bo‘lgan yangi Avtomobil yo‘lllari qo‘mitasi tashkil qilindi – prezident qarori.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. O‘zbekistonda  keng vakolatlarga ega bo‘lgan yangi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkil qilindi. Bu haqida 9-dekabr kuni imzolangan 4545-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.

Transport vazirligi huzurida tashkil qilinayotgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida 23ta bo‘lim bo‘ladi va ularda 82 nafar xodim ishlaydi. Yangi Qo‘mitaning vakolatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • Qo‘mita markaziy boshqaruv xodimlar sonini o‘zgartirish;
  • Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tashkil qilish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, Qo‘mita tarkibidagi korxonalarni tugatish va birlashtirish;
  • Qo‘mita qarorlari mahalliy hokimiyatlar, davlat xo‘jalik boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
  • Respublika hududiga kirib kelayotgan yuk avtomobillarini hajm va vaznini nazorat qilish, ulardan avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakat qilishlari uchun yig‘imlar undirish;
  • Avtomobil yo‘llarida harkatni tartibga solish texnik vositalarini, foto va video qayd etish vositalarini o‘rnatishga ruxsat berish;
  • Avtomobil yo‘llarida tashqi reklama obyektlari o‘rnatishga ruxsat berish;
  • Avtomobil yo‘llari bo‘yida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo va va boshqa tadbirkorlik obyektlari qurishga ruxsat berish;
  • Avtomobil yo‘llari qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish (Qo‘mita tarkibidagi “Yo‘lqurilish” AJ tomonidan);  

Prezident qaroriga ko‘ra, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibiga Qoraqalpolg‘iston Respublikasidagi va barcha viloyatlardagi avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari, tumanlar va dovonlar yo‘llaridan foydalanish korxonalari, ko‘priklardan foydalanish korxonalari, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish instituti, Avtomobil yo‘llari ilmiy tadqiqot instituti, “O‘zyo‘lloyiha” loyiha-qidiruv instituti DUK, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” UK, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK, “O‘zyo‘lbelgi” DUK, Respublika dispetcherlik markazi va boshqa muassasalar kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0