O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Umra parvozlari ikki baravarga oshirildi

© Upravlenie musulman UzbekistanaIz Saudovskoy Aravii vernulas pervaya gruppa uzbekskix palomnikov
Iz Saudovskoy Aravii vernulas pervaya gruppa uzbekskix palomnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
10 dekabrdan Saudiya Arabistoniga Umra aviaqatnovlarini bir kunda ikki martadan amalga oshirish boshlandi.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekiston ziyoratchilar uchun Umra parvozlarini ikki baravarga oshirdi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 10-dekabrdan Saudiya Arabistoniga Umra aviaqatnovlarini bir kunda ikki martadan amalga oshirish boshlandi. Ilgari qatnov bir kunda bir marta amalga oshirilardi.

Rabota belorusskoy tamojennoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Umraga yuborilgan 14 nafar ziyoratchining vizasi soxta bo‘lib chiqdi

Xabarda ziyoratchilar soni ham ikki baravarga oshgani aytilgan. Jami kunlik ziyoratchilar soni qariyb 500 nafarga yetgan.

“Umra – 2019/20” mavsumi parvozlari 2020-yil yoz oylariga qadar davom etadi.

Ziyoratchilarning Umra safari 10 kun davom etadi. Ular Madina va Makka shaharlarida barcha zarur sharoitlarga ega mehmonxonalarda istiqomat qiladilar hamda ularga tajribali ishchi guruhi, ellikboshilar va malakali shifokorlar xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Umraga boruvchi ziyoratchilar soni bo‘yicha kvota bekor qilingan.

Yangiliklar lentasi
0