01:54 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Jamiyat
Havola olish
75301

Oliy sud sudyasi Ibrohim Tojiyev tadbirda sudyalarning oʻrtacha oylik maoshi haqida maʼlumotni ochiqladi.  

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Oliy sud sudyasi Ibrohim Tojiyev Xalqaro press-klubda boʻlib oʻtgan anjumanda sudyalarning oʻrtacha oylik maoshi haqida maʼlumotni ochiqladi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.  

"Hozirgi kunda Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning oʻrtacha oylik ish haqi 5 000 000 soʻmdan 8 000 000 soʻmgacha yetadi", - deydi u. 

Bundan tashqari press-klub sessiyasida Milliy tiklanish demokratik partiyasi deputati Nodirjon Muxtorov tuman sudyasi viloyat sudyasidan, viloyat sudyasi Oliy sud sudyasidan erkin boʻlishi lozimligi, bundan tashqari jinoyat kodeksini liberallashtirish lozimligini taklif qilmoqda.

Shuningdek, Oliy sud sudyasi Ilhom Rahmonqulovning fikriga koʻra,  Oʻzbekiston jamiyatida sudyalarga nisbatan ishonchsizlikka sudyalarning mustaqil boʻlmagani sababdir.

Asosiy mavzular