Mirziyoyev eski usulda ishlayotgan korxonalarni jiddiy tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe rezultativnosti reformirovaniya predpriyatiy s uchastiyem gosudarstva i prioritetnim zadacham v etom napravlenii.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe rezultativnosti reformirovaniya predpriyatiy s uchastiyem gosudarstva i prioritetnim zadacham v etom napravlenii.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatda 2819 ta davlat ishtirokidagi korxonalar mavjud. Ularning aksariyati eski usulda, samarasiz ishlagani sababli hatto dividend to‘lay olmaydi.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda aksariyat samarasiz ishlayotgan korxonalarni jiddiy tanqid qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligida yangi boshqarmalar tashkil etildi: asosiy vazifalar

Qayd etilishicha, prezident farmoni bilan o‘tgan qariyb bir yil mobaynida korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini samarali boshqarish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha muayan ishlar amalga oshirilgan.

“Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda 2819 ta davlat ishtirokidagi korxonalar mavjud. Ularning aksariyati eski usulda, samarasiz ishlagani sababli hatto dividend to‘lay olmaydi. Prezident bu holatni jiddiy tanqid qildi”, - deyiladi xabarda.

“Davlat ishtirokini hech zarurat bo‘lmagan sohalarda ham saqlab turibmiz. Davlat korxonalarini boshqarish, faoliyati samarasini oshirish, ularning funksiyalarini xususiy sektorga berish bo‘yicha hali sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmadi”, – dedi davlat rahbari.

Yig‘ilishda 2020-yilda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.  Avvalo, bunday korxonalarni isloh qilish yoki tugatish, saqlash yoki xususiy sektorga berish masalasini o‘rganish bo‘yicha bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari boshchiligida ishchi guruhlar tashkil etildi.

Ishchi guruhlarga bir oy muddatda har bir korxonani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning rentabelligi, hozirgi quvvati va istiqbolini tahlil qilgan holda, 2020-yilga mo‘ljallangan aniq reja va takliflar ishlab chiqish topshirildi. 

Yangiliklar lentasi
0