Saylovlarni bahorda o‘tkazish kerak – Qudratxo‘jayev

© Iz lichnogo arxiva Sherzoda KudratxodjayevaJurnalist, politolog, predsedatel Mejdunarodnogo press-kluba Sherzod Kudratxodjayev
Jurnalist,  politolog, predsedatel Mejdunarodnogo press-kluba Sherzod Kudratxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sherzod Qudratxo‘jayev aholiga qulay bo‘lishi uchun parlament saylovlarini bahor faslida o‘tkazishni taklif qildi.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik.  Xalqaro press-klub rahbari — Sherzod Qudratxo‘jayev keyingi saylovlarni hozirgidek sovuq dekabr oyida emas, balki bahorda, mart oyida o‘tkazishni taklif qilmoqda. Bu haqda u  ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yozib qoldirgan.  

“Zamonaviy, mukammal parlament shakllanishi uchun yana 2-3ta saylovlar kerak. Shunda buyuk siyosatchilar va partiyaviy kurash muhiti paydo bo‘ladi. Qolaversa, keyingi saylovlarni hozirgidek sovuq dekabrda emas, balki bahorda, mart oyida o‘tkazish muhim. Avvalo, buning huquqiy meyorlari ko‘rib chiqiladi.

Umuman, bahor faslida o‘tkaziladigan saylov barcha uchun qulay!” deydi u o‘z postida. 

Press-klub rahbari tomonidan qoldirilgan ushbu post faol muhokama qilinmoqda. Izohlar orasida parlament saylovlarini umuman internet orqali o‘tkazish g‘oyasi ham taklif qilingan. 

Yangiliklar lentasi
0