Sergelining ayrim ko‘chalarida vaqtincha gaz o‘chiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ertaga, 12-dekabr kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi ayrim ko‘chalari gaz ta’minotidan vaqtincha uchiriladi.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Ertaga, 12-dekabr kuni Sergilining ayrim ko‘chalari vaqtincha gaz ta’minotidan o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning ikki tumanida vaqtincha gaz o‘chiriladi

Xabarda aytilishicha, Sergeli-8 va Sergeli-9 dahalarida yangi qurib bitkazilgan ko‘p qavatli xonadonlar hamda Sergeli-3A dahasida joylashgan MTTlarni gaz bilan ta’minlash maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan tumanning 14b, G-64 hamda G-38 ko‘chalarida gaz ta’minoti soat 11:00dan 17:00ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

“Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!”, - deyilgan xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0