Viloyatliklar uchun talon: Ekologik partiya vakili o‘zining shov-shuvli taklifiga izoh berdi

© Mejdunarodniy press klubUlugbek Pirmuxammedov
Ulugbek Pirmuxammedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari viloyatliklar uchun Toshkentga kelishda talon joriy etish kerak, deya taklif bildirgan partiya vakilini ayovsiz tanqid nishoniga oldilar

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. O‘zbekiston Ekologik partiya vakili Ulug‘bek Pirmuhammedovning Toshkentga kirish uchun viloyatliklarga talon joriy qilish taklifi internet hamjamiyati orasida katta-shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Parlament saylovlarida qatnashishga nomzod beshta partiya hujjatlarini taqdim etdi

Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada Toshkent propiskasi masalasi ko‘tarilgan va Ekologik partiya vakili Ulug‘bek Pirmuhammedov Toshkentga kirish uchun viloyatliklarga talon joriy qilishni taklif qilgan.

Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalar boshlangan.

Xususan, Jahondir Siddiqov nikli foydalanuvchi "Postlarni yanayam kupaytirib kuyib tashash kerak Toshkentga boradigan", desa, yana kimdir poytaxtga yaqin 15-yilda viza joriy etiladi, bu turishda, deya pisanda qilgan.

Aksariyat foydalanuvchilar partiya va uning vakillarini haqoratlashga o‘tgan. 

Shundan so‘ng, Ulug‘bek Pirmuhammedov XPK orqali o‘z taklifiga izoh berishga majbur bo‘ldi.

Pirmuhammedovning ta’kidlashicha, u XPK sessiyasida Ekologik partiya nomidan emas, balki mustaqil shaxs sifatida fikr bildirgan.

Vibori prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Beshta asosiy partiya vakillari imzo jamlashni boshladi

"<...>shaxsiy taklifimga e’tibor bersak, taklifim shundan iboratki, viloyatlardan ishlash maqsadida kelayotgan hamurtlarimiz ma’lum bir muammolarga uchrayotgani to‘g‘risida bir qancha mavzular ko‘tarildi. Aynan Xalqaro press klub bosh produseri G‘ulomjon Samadov ko‘rsatuvida hamurtlarimizni ishlab turgan joyida profilaktika inspektorlari tomonidan jarimaga tortilayotgani to‘g‘risida fuqarolar murojaati o‘qib eshittirildi. Uch kun ichida ro‘yxatga qo‘ymasa qonuniy chora ko‘rish kerakligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

<...>Men ishtirokchi sifatida shaxsiy fikrimni bildirganimda, yaqinlarimiz zarurat yuzasidan ishlash maqsadida kelayotgan bo‘lishi mumkin. Ular ma’lum muddatga kelishsada, biz bu yerda ularga ro‘yxatdan o‘t deb tursak, bu odamlar uchun adolatsizlik bo‘lmaydimi?

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda propiska olish tartibi o‘zgarishi mumkin

<...>Men propiska to‘g‘risida emas, balki onlayn ro‘yxat, qulaylik va xavfsizlikni yaratish maqsadida taklif qildim. Toshkentga kelayotgan qadrdonlarimiz yashab turgan hududlaridagi inspektorlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tishsa, Toshkentda muammolarga duch kelmasligi uchun onlayn ro‘yxat olinsa va bu ro‘yxat, ya’ni onlayn portal dasturi orqali aks etsa, PPS tomonidan ko‘chadan ushlab ketish holatlari kuzatilganda, bu dastur hamurtlarimiz huquqini himoya qiluvchi vosita vazifasini bajarardi. Balki shunda hamurtlarimiz noroziligiga sabab bo‘layotgan muammo qaysidir ma’noda o‘z yechimini topar edi. Taklifda qiyinchiliklarga duch kelayotgan hamurtlarimizni kamsitish nazarda tutilmagan, balki ularning huquqini himoya qilish va ularga sharoit yaratish maqsadi bor edi. Vaholanki, hech birimizning haqqimiz yo‘q mahalliychilik qilishga, hammamiz teng huquqli fuqoromiz. Axir O‘zbekiston Respublikasida bitta yashil pasport bor. Fikrlarimni boshqacha talqin qilmaslikni so‘rar edim.", - deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Pirmuhammedov.

Yangiliklar lentasi
0