20:52 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
98710

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar borasida kelib tushgan 932 ming murojaatdan 574 mingtasi qondirildi, 179 mingtasiga rad javobi berildi.

TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Davlat Xizmatlari markazlariga 2019 yilning may oyiga qadar oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga egalik huquqini soʻrab 932 748 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqida Sputnik muxbiriga Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Kelib tushgan murojaatlarning yarmidan koʻpi - 574 213tasi Oʻzbekiston Prezidentining PF–5421-sonli Farmoniga muvofiq oʻtkazilgan  umumdavlat aktsiyasi davrida qanoatlantirilgan.

Undan 179 824 murojaat esa turar joy aholi punktlarining bosh reja loyihalariga toʻgʻri kelmaganligi, shaharsozlik normalariga javob bermasligi, tabiiy xavfi yuqori boʻlgan hududda joylashganligi va boshqa shaxslarning huquqlarini buzganligi sababli rad etilgan.

Qolgan 178 711 ta murojaat esa ayni damda koʻrib chiqilmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatida yerdan foydalanishga oid qonunlar ijrosi oʻrganilganda, joriy yilning dekabr oyida 9 169 holatda 1 203 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallanganligi aniqlangan. Shundan 3 753 ta holatda 364 gektar yer maydonida oʻzboshimchalik bilan qurilish qilingani maʼlum boʻlgan.

Bu kabi salbiy holatlar respublikaning boshqa hududlarida ham kuzatilib, ayni damda Bosh prokuratura tomonidan sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish choralari koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular