00:49 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (79)
211 0 0

MSK matbuot xizmati rahbari lavozimiga Dilshodbek Nazirov tayinlandi. Nazirov 1975 yilda tugʻilgan, Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – sharqshunos-filolog, arab tili va adabiyoti oʻqituvchisi.

TOSHKENT, 13 dek – Sputnik. MSK matbuot xizmati rahbari lavozimiga Dilshodbek Nazirov tayinlandi.

Dilshodbek Nazirov 1975 yilda tugʻilgan, oliy maʼlumotli - Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – sharqshunos-filolog, arab tili va adabiyoti oʻqituvchisi.

2018 yil 6 yanvardan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi “O‘zbekiston 24” telekanali Xronikal-hujjatli filmlar va jurnalistik surishtiruvlar studiyasining bosh muharrir lavozimida ishlab kelmoqda.

Oʻzbekistonda navbatdagi parlament saylovi 22 dekabrda boʻlib oʻtadi. Saylov kampaniyasi 20 sentyabrda boshlangan. Oʻzbekistonda rasman beshta partiya – Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi roʻyxatdan oʻtgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (79)

Asosiy mavzular