09:20 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
311 0 0

Oʻzbekistonda 2020 yil 1 apreldan boshlab shaxsni ushlash va ayrim protsessual harakatlarni amalga oshirishda majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etiladi.

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yil 1 apreldan boshlab shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etiladi. Bu prezident imzolagan “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorda koʻzda tutilgan.

Qonun bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan shaxs ushlanganda uning ushlangani va ushlab turilgan joyi toʻgʻrisida uning oila aʼzolariga, ular boʻlmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish boʻyicha majburiyat yuklanadi.

Shuningdek, 2020 yil 1 iyuldan boshlab huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarini qoʻllash, jumladan, shaxsni ushlab turish holatlari yagona elektron hisobga olish tizimiga kiritib boriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida fuqaroni ushlash vaqtida majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini joriy etishni topshirgani xabar qilingan edi.

Teglar:
shaxsni ushlash, Oʻzbekiston, Ichki ishlar organi

Asosiy mavzular