13:44 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
777 0 0

Yer ajratish haqidagi hujjatlar 1 kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yil 1 martdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish jarayoni yanada shaffof boʻladi. Bu prezidentning 13 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.

Qarorga muvofiq 2020 yil 1 martdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin 1 kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Xuddi shu kundan boshlab aholi maskanlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, ularda kompleks qurilish va rekonstruktsiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab oʻsha hududdagi aholi oʻrtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkaziladi.

Mavzu boʻyicha

Hokimliklar yer uchastkasini olib qoʻyish vakolatidan mahrum qilindi - yangi tartib
Oʻzbekistonda koʻchmas mulk obʼyektlarini buzish ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi
Yer ajratishga “ruxsat beruvchi” idoralar sonini qisqartirish kerak - Mirziyoyev
Teglar:
yer ajratish, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular