10:26 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
960 0 0

Ijtimoiy tarmoqda Kogon shahridagi 9-sonli umumtaʼlim maktabining hojatxonasidan oʻquvchilar uchun sinf xonasi tashkil etilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Buxoro hokimiyati hojatxonada dars oʻtayotgan oʻquvchilar suratiga munosabat bildirdi.

Buxoro viloyati hokimligining maʼlum qilishicha, internetda tarqalgan xabar viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi mutasaddilari tomonidan batafsil oʻrganilgan.

Taʼkidlanishicha, mazkur taʼlim maktabi 1986 yilda qurilgan boʻlib, hozirda 2013 yilda kapital taʼmirdan chiqarilgan 1051 oʻrinli zamonaviy binoda joylashgan.

Unda 2019-2020 oʻquv yilida 1573 nafar oʻquvchiga taʼlim-tarbiya berib kelinmoqda. Maktab binosi 3 qavatdan iborat boʻlib, 1986 yilda har bir qavatida ichki hojatxona, yuvinish xonalari loyihalashtirilgan boʻlsa-da, barcha qavatlarda hojatxona yoʻq.

Taʼlim muassasasining hojatxonasi esa birinchi qavatida joylashgan va shu hojatxonadan foydalanib kelinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda suratlari tarqatilgan 2 va 3–qavatlardagi hojatxona va yuvinish xonalaridan yillar davomida foydalanilmagan hamda maktab maʼmuriyati tomonidan yopib qoʻyilgan.

“Bundan bir oycha avval ana shu xonalardan biri oʻquvchilar bilan alohida, sinfdan tashqari mashgʻulotlarda foydalanish uchun rekonstruktsiya qilingan. 13 dekabr kuni ushbu xonada 9-sinf oʻquvchilaridan maktab oʻzbek tili oʻqituvchisi A.F. rahbarligida oʻzbek tilidan nazorat ishi olingan. Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan surat shu jarayondan”,  - deyiladi xabarda.   

Xabarda Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻining talabi bilan yuqorida tasvirlangan xonadan foydalanish toʻxtatilgani qayd etilgan.

Shuningdek, sinfdan tashqari mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun ikkinchi smenada, tushdan keyin boʻshaydigan sinf xonalaridan foydalanish tashkil etilgan.

Teglar:
maktab, Buxoro

Asosiy mavzular