Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parki tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s merom goroda Nagoi Takasi Kavamuroy.
Shavkat Mirziyoyev  vstretilsya s merom goroda Nagoi Takasi Kavamuroy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Nagoya meri Takasi Kavamura bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Yaponiya Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parki tashkil etishni muhokama qilmoqda.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Nagoya meri Takasi Kavamura bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

V Tashkente otkrilsya tematicheskiy park Navruz - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi "Navro‘z bog‘i" ochildi

“Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, ta’lim, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan”,  - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, 2020-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olingan.

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi o‘rtasida Sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0