Samarqandga “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha reyslari yo‘lga qo‘yiladi

© Michał HuniewiczVisokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"
Visokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha 4 ta reyslari harakati 2019-yilning 30-31 dekabr hamda 2020-yilning 1,2 yanvar kunlarida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Yangi yil arafasidan boshlab “Toshkent - Samarqand - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan №764/763 – “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha 4 ta reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Pokupka bileta - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekistonni yana ikkita poyezd bog‘laydi

Qayd etilishicha, “Toshkent - Samarqand - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan №764/763 – “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha 4 ta reyslari harakati 2019-yilning 30-31 dekabr hamda 2020-yilning 1,2 yanvar kunlarida amalga oshiriladi.

Ushbu qulaylik “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarning Yangi yil bayramini munosib kutib olishlari,  dam olish kunlarida O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0