12:12 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
520 0 0

Avtobus deyarli uch yarim ming kilometrli masofani bosib oʻtishga 64 soat vaqt sarflagan. Ushbu yoʻnalish boʻylab muntazam avtobus qatnovlari haftasiga ikki marotaba, dushanba va payshanba kunlariga belgilangan.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. “Toshkent” avtovokzalidan Moskvaga yoʻl olgan  avtobus 25 dekabr kuni “Novoyasenevskaya” avtostantsiyasiga yetib bordi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.  

Qayd etilishicha, “Toshkent” avtovokzalidan Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahriga yoʻl olgan “Uzautotrans service” korxonasi avtobusi 25 dekabr kuni kechqurun “Novoyasenevskaya” avtostantsiyasiga yetib borgan.

Avtobusning deyarli uch yarim ming kilometrli masofani bosib oʻtishga 64 soat vaqt sarflagani aytilmoqda.   

Ushbu yoʻnalish boʻylab muntazam avtobus qatnovlari haftasiga ikki marotaba, dushanba va payshanba kunlariga belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent – Moskva yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar qilgan edik.

Teglar:
avtobus, Toshkent, Moskva

Asosiy mavzular